JCh saralashi: Angliyada yuz foizlik ko‘rsatkich, Albaniya va Serbiya bahsida yana mojaro
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news

Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Shanba oqshomida Yevropada JCh-2026 saralashi doirasida o‘tkazilgan o‘yinlar va guruhlardagi vaziyat.
K guruhi
Keynning yubileyi
Andorra – Angliya 0:1
Gol: Keyn 50
Andorra: Alvares, Borra, Lovera, Garsiya, Oliveyra, San-Nikolas, Servos, Gillen, Babo (Vales 75), Rodrigo (Garsiya65), Kuku (Lopes 65).
Angliya: Pikford, Konsa, Byorn, Jyeyms, Jons (Rays, 80), Henderson (Aleksandr-Arnold, 64), Bellingem (Gibbs-Uayt, 90+1), Palmer (Eze, 64), Rojyers (Gordon, 80), Madueke, Keyn
Angliya — Yevropaning saralash o‘yinlaridagi ishtirokini mart oyidayoq boshlagan yagona katta milliy jamoasi. Buning sababi – Millatlar ligasidagi muvaffaqiyatsiz ishtirok, shu tufayli «Uch sherlar» sovrin uchun emas, V diviziondan chiqib olish uchun kurashishiga to‘g‘ri keldi. Bu missiya muvaffaqiyat bilan uddalandi, shundan keyin vaqtinchalik bosh murabbiy Li Karsli yoshlar jamoasi boshqaruviga qaytdi va federatsiyadan 2027 yilga qadar amal qiluvchi yangi shartnoma oldi. Tez orada uning jamoasi 2023 yilda qo‘lga kiritilgan Yevropa chempionligini himoya qiladi, Angliyaning asosiy jamoasi esa Tomas Tuxel boshqaruvidagi dastlabki uch uchrashuvda uch g‘alabaga erishdi. Bu o‘yinlarning barchasida darvoza daxlsizligi saqlab qolindi va bunaqasi tarixda kuzatilmagandi.
Inglizlarning shanba kungi muvaffaqiyati — hisob bo‘yicha eng kamtaronasi bo‘ldi. Bahorda inglizlar Albaniyaga ikkita, Latviyaga uchta gol urgandi, guruhning asosiy autsayderi Andorraga qarshi o‘yinda esa bir gol bilan kifoyalanishdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Harri Keyn Maduekening qanotdan uzatmasini golga aylantirdi. U hozirgi murabbiylar shtabi davridagi uchala o‘yinda ham maydonni golsiz tark etmayapti. Qolaversa, Keyn milliy jamoalar darajasidagi gollar soni bo‘yicha germaniyalik Miroslav Klozeni ortda qoldirdi (72). Shuningdek, «Bavariya» futbolchisi professional faoliyatidagi gol va assistlar qo‘shib hisoblanganda, 450 talik natijaga erishdi.
Albaniya – Serbiya 0:0
Aniq ijro etilmagan penalti: Manay, 45
Albaniya – Strakosha, Ayyeti, Jimsiti, Mitay, Hyusay, Shexu (Ramadani 85), Asllani, Xo‘ja (Bayrami 63), Lyachi, Manay (Daku 62), Broyya (Uzuni 75)
Serbiya – Petrovich, Milenkovich, Pavlovich, Erakovich, Nem, Maksimovich (Nedelkovich 87), Lukich, Terzich (A. Maksimovich 69), Jivkovich (Gudel 87), Samarjich (S. Mitrovich 69), A. Mitrovich (Yovich 75), Vlahovich
Ogohlantirishlar: Jimsiti 19 – Pavlovich 17, S. Mitrovich 80
Qo‘shnilarning so‘nggi 11 yil ichidagi ilk o‘yini kutilganidek mojarolarsiz o‘tmadi.
Tiranada kutilganidek mehmon muxlislar kiritilmadi – ularni nazorat qilish juda qiyin bo‘lgan bo‘lardi. Lekin alban ultrasi ham yo‘q edi. Chiptalar boshlang‘ich narxi 150 yevro bo‘lgan arizalar bo‘yicha o‘ynaldi – shu tariqa eng faollar cho‘chitildi.
Stadionda maksimal xavfsizlik choralari ko‘rildi, yaqin atrofdagi yo‘llar yopildi. Arenada ikki ming politsiyachi navbatchilik qilardi, tribunada yana 500 nafar fuqaro kiyimidagi xodimlar turardi. Arena yaqinida uchuvchisiz uchoqlardan himoya qilish uskunalari o‘rnatilgan, ehtimoliy bezorilar esa ularning qurilmalari urib tushirilishi haqida ogohlantirilgan.
Albanlar o‘yin oldidan stadionga Serbiyaning juda kichik bayrog‘ini ilishdi. Albaniyalik muxlislar Serbiya madhiyasi vaqtida hushtakbozlik qilishdi.
Serbiya milliy jamoasi o‘yinchilari oldidagi bolalar esa alban burgutini ifodalovchi jyest qilishdi. Bu alban etnosi ustuvor bo‘lgan barcha hududlarni birlashtirishni ko‘zda tutuvchi Buyuk Albaniya g‘oyasi tarafdorlari ramzidir.
Ehtiyot choralari oxirigacha ish bermadi. Uchrashuvning 8-daqiqasida burchakdan to‘pni o‘yinga kiritayotgan Sasha Lukichning boshiga albaniyalik muxlislar plastik idish uloqtirishdi.
Bosh hakam Davide Massa serbiyalikni chetga tortib, albanlar sardori Berat Jimshitidan muxlislarni tinchlantirishni so‘radi. Lukich unchalik jiddiy jabrlanmagandi, o‘yin darhol davom ettirildi.
60-daqiqada esa Straxina Erakovichning boshiga bo‘sh stakan uloqtirildi.
65-daqiqada Andriya Jivkovich jarohat oldi. U hatto muz qo‘yish uchun zaxira o‘rindig‘iga borishga majbur bo‘ldi.
Bu safar hakam sardorlarni maydon markaziga chaqirdi - ammo uchinchi vaziyatdan keyin ham o‘yin to‘xtatilmadi. Katta ehtimol bilan, bosh hakam bu holatda so‘nggi ogohlantirishni bergandi, shundan keyin politsiyachilar stakan va shishalar otilib turgan markaziy tribuna yoniga borib turishdi.
Maydonda esa golsiz durang qayd etildi, Albaniya safida Manay qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda penalti ijro etgan ushbu futbolchi Petrovichga qarshi duelni boy berdi.
62-daqiqada uning o‘rniga Daku tushirildi. Ammo u ham, uning jamoadoshlari ham serblar mudofaasini yorib o‘ta olmadi. Serbiya ikkinchi bo‘limda hujumkorroq o‘ynadi, jamoaga qaytgan to‘purar Mitrovich esa hisobni ochishi ham mumkin edi. Uning bosh bilan yo‘llagan zarbasini Strakosha qaytarib qoldi.
O‘yinda hisob ochilmay qoldi, futbolchilar, muxlislardan farqli o‘laroq, o‘zlarini maksimal darajada diplomatik tutishdi: final hushtagi chalinganidan so‘ng bir-birlariga qo‘l berishdi va tinchgina xayrlashishdi.
Birinchi o‘yindagi durang — Serbiya uchun yomon natija emas. Albanlar hozircha guruhda ikkinchi o‘rinda (o‘tish o‘yinlarga yo‘llanma beradi), serblar 1 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda, ammo zaxirada ikki o‘yini bor. Angliya birinchi o‘rinni berib qo‘yishi dargumon (9 imkoniyatdan 9), qolganlar ikkinchi o‘rin uchun raqobatlashadi.
10 iyun. Latviya — Albaniya, Serbiya — Andorra.
G guruhi
Gradetskining g‘amgin yubileyi va to‘purar Dyumfris
Finlandiya – Niderlandiya 0:2
Gollar: Depay 6, Dyumfris 23.
Finlandiya: Gradetski, Alxo (Niskanen 70), Ivanov (Valakari 76), Xoskonen, Uronen, Peltola, Tenxo (Kamara 70), Lod (Yyensen 55), Kairne, Antman, Pohyanpalo (Kallman 55).
Niderlandiya: Flekken, Dyumfris, Van Hekke (De Vrey 46), van Deyk, Ake (van de Ven 62), de Yong, Gravenberh, Reynders (Klyuvert 69), Gakpo (Simons 85), Frimpong, Depay (Veghorst 69).
Ogohlantirishlar: Niskanen 90 – van Xekke 28, Reynders 61
Niderlandlarning saralashdagi birinchi o‘yiniga darvozabonlar dueli qo‘shimcha intriga bag‘ishladi. Finlar darvozasida «Bayyer»ning ko‘p yillik birinchi raqamli posboni Gradetski 100-o‘yinini o‘tkazdi, shu kunlarda «Brentford»dan Leverkuzen klubiga o‘tgan Flekken esa, katta ehtimol bilan, «aspirinchilar»ning yangi ustozi Erik ten Hag davrida birinchi raqamni o‘ziniki qiladi. U Xelsinkidagi o‘yinda deyarli ishsiz o‘tirdi, Gradetski esa himoyachilar tufayli ilojsiz ahvolda qoldi. To‘pni ortga uzatishdagi xato Depay yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketishi bilan yakunlandi.
Finnlarda Gakponing darvozaning olis ustuni tomon uzatmasiga ham chora topilmadi. Gradetski sobiq jamoadoshi Frimpongning (u bir necha kun oldin «Bayyer»dan «Liverpul»ga o‘tdi) yaqin masofadan yo‘llagan zarbasini to‘sdi, Dyumfris esa unga imkon qoldirmadi. To‘sin ostiga yo‘llangan zarba shu qadar kuchli ediki, darvozabon qo‘lini ko‘tarishga ham ulgurmadi, Dyumfris esa «to‘qsariqranglilar»ning XXI asrdagi to‘purar himoyachilari orasida 10-goli bilan jamoa sardori van Deykni ortda qoldirdi. Finlandiya uchun yakuniy 0:2 hisobi — u qadar yomon natija emas, qolgan vaqt davomida hisob yiriklashib ketishi ham mumkin edi, ammo raqib vakillari bir necha bor qulay pozitsiyalardan xato zarba berishdi, Gradetski esa Depay bilan navbatdagi duelda ajoyib seyv ijro etdi. Ronald Kuman jamoasining guruhdagi asosiy raqibi Polsha bo‘lishi kundek ravshan.
Malta – Litva 0:0
Malta – Bonello. Karrager. Pepe. Kamenzuli. Muskat (Korbalan, 85). Giyome. Satariano. Teuma. D. Mbong (Evurum, 81). Djons (Nvoko, 81). P. Mbong (Tuma, 74)
Litva – Gertmonas. Utkus. Kajukolovas. Tutishkinas. Upstas (Golubikas, 46, Sheshplaukis, 74). Vorobev (Sirgedas, 70). Gineytis. Slivka (Yansonas, 81). Doljnikov (Chernyx, 70). Lasitskas. Paulauskas
Ogohlantirishlar: P. Mbong, 24. Kamenzuli, 90. Giyome, 90 - Kajukolovas, 17. Tutishkinas, 90
10 iyun. Finlandiya — Polsha, Niderlandiya — Malta.
H guruhi
Rangnik Lucheskuni mag‘lub etdi, Jyeko sensatsiyaga yo‘l qo‘ymadi
Avstriya – Ruminiya 2:1
Gollar: Gregorich 42, Zabitser 60 – Tanase 90+4.
Avstriya – Pens. Veber (Danso, 69). Linxart. Mvene. Vimmer (Posh, 60). Zayvald. Laymer. Baumgartner (Shlager, 81). Zabitser. Shmid (Grillich, 81). Gregorich (Arnautovich, 60)
Ruminiya – Moldovan. Popesku. Burke. Banku. Ratsyu. Marin (Shut, 60). Kirikesh. Stanchu (Tenase, 84). Man (Alibek, 78). Byrlidja (Mikulesku, 78). Dregush (Mitritse, 84)
Ogohlantirishlar: Grillich, 90 – Stanchu, 44
Mish-mishlarda doimo Ralf Rangnikni goh u, goh bu jamoaga yuborishadi, u esa Avstriya milliy jamoasi boshqaruvida o‘zini yaxshi his qilmoqda va Yevro-2024 ortidan jahon birinchiligiga ham chiqmoqchi. Keksalikni tan olmayotgan Mirchi Lucheskuning saralashdagi ishlari esa Millatlar ligasidagi kabi yaxshi ketmayapti. Nima bo‘lganda ham Millatlar ligasidagi raqiblar darajasi kamtarona, saralashda esa ruminlar barcha raqiblarga yutqazmoqda — avvaliga Bosniyaga, endi esa avstriyaliklarga ham.
Birinchi bo‘limda birgina gol urilgani — Moldovanning xizmati. Mehmonlar posbonining eng yorqin seyvi sifatida Zabitserning darvozaga o‘girilgan holda yo‘llagan zarbaga reaksiyasini keltirish mumkin. Ammo Veber autdan oshirilgan to‘p uchun kurashda ustun kelib, Gregorich havodagi to‘pga kuchli zarba yo‘llaganida darvozabon ojiz qoldi. Bu holatda Moldovanga hech qanday savol yo‘q, Zabitser ijrosidagi ikkinchi golda esa rikoshet uni qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Ruminlar faqat o‘yin oxiriga borib faollashdi va gol ham urishdi, ammo Avstriya guruhning asosiy favoriti sifatidagi maqomini mustahkamlab, navbatdagi uch ochkoni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
Bosniya va Gersogovina – San-Marino 1:0
Gol: Jyeko, 66 (1:0)
Bosniya va Gersogovina – Vasil, Barishich (Muxaremovich 46), Katich (Bichakchich 84), Burnich, Malich (Dedich 46), Xayradinovich, Taxirovich, Shunich, Demirovich, Gigovich (Memich 46), Bazdar (Jyeko, 62)
San-Marino – Kolombo, T. Benvenuti, Chevoli, Rikkardi (D. Benvenuti 70), Fabbri, Kapikkoni (Valli Kazadei 46), Dzannoni, Golinuchchi, Latssari (Sensoli 65), Kontadini (Mularoni 70), Nanni (Jakopetti, 69)
Ogohlantirishlar: Dedich 74 – Kolombo 61, Fabbri 74
Birinchi o‘rinda esa yuz foizlik natijaga ega Bosniya bormoqda, ushbu jamoa uchta g‘alabani ham bir gol farqi bilan qo‘lga kiritgan. Ammo baribir Ruminiya maydonidagi g‘alaba bilan kamtarona San-Marinoga qarshi uchrashuv katta farq qiladi. Bunga bolqonlarning o‘zi aybdor, chunki birinchi bo‘limda Demirovich qulay vaziyatda kuchli zarba bera olmadi va himoyachi to‘pni darvoza chizig‘i ustida qaytarib qolishga ulgurdi, Bazdar esa bir necha metr masofada turib bo‘sh darvozani ishg‘ol etolmadi. Natijada murabbiy uni keksalik bilmas Jyekoga almashtirib yubordi. Faxriy futbolchi esa ishonchni oqlab, Dedichning uzatmasidan g‘alaba golini urdi — bu Edinning milliy jamoa safidagi 68-goli bo‘ldi.
10 iyun. Ruminiya — Kipr, San-Marino — Avstriya.