softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Portugaliya Millatlar ligasi finalida Ispaniyani mag‘lub etdi

Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news

Portugaliya Millatlar ligasi finalida Ispaniyani mag‘lub etdi

Batafsil o'qish:

Myunxendagi uchrashuv penaltilar seriyasida 5:3 hisobida yakunlandi (asosiy vaqtda - 2:2). Portugallar ikkinchi marta kubokni qo‘lga kiritdi, fransuzlar bronza medaliga ega chiqdi.

Foto: Alex Grimm / Getty Images

Portugaliya UYeFA Millatlar Ligasi finalida Ispaniyani mag‘lub etdi va turnirning ilk ikki karra g‘olibiga aylandi.

Myunxendagi final penaltilar seriyasida 5:3 hisobida yakunlandi. Asosiy vaqtda jamoalar durang qayd etdi — 2:2.

Avvalroq bronza uchun o‘yinda Fransiya milliy jamoasi Shtutgartda nemislarni 2:0 hisobida mag‘lub etgandi.

Portugallar 2019 yilda ilk bor Millatlar ligasida g‘olib chiqqan bo‘lsa, ispanlar 2023 yilda oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Turnir UYeFA tomonidan milliy jamoalar o‘rtoqlik o‘yinlari o‘rniga teng kuchli raqiblar bilan rasmiy o‘yinlar o‘tkazishi uchun tashkil etilgan.