O‘zbekiston JCh saralashini Qatar ustidan yirik g‘alaba bilan yakunladi
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news

Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
JCh yo‘llanmasini muddatidan oldin hal qilib bo‘lgan O‘zbekiston guruh jadvalida birinchi o‘ringa chiqib oldi.
Foto: Kun.uz
JCh–2026 saralashi, A guruhi, 10-tur
10 iyun, seshanba, «Bunyodkor» stadioni
O‘zbekiston – Qatar 3:0
Gollar: Aziz Turg‘unboyev 28, Eldor Shomurodov 86, Igor Sergeyev 90+2
O‘zbekiston: Yusupov, Husanov, Alijonov (To‘xtaxo‘jayev 90), Mozgovoy, Hamrobekov (Bo‘riyev 82), Masharipov (Erkinov 82), Nasrullayev, Shomurodov (Igor Sergeyev 90), Turg‘unboyev (Iskanderov 62),Fayzullayev, Aliqulov.
Qatar: Zakariya, Sirelxatim, Suhayl, Abdil Aziz Xatim (Naseur 46), Alganehi (Edmilson 57), Toriq, Akrom Afif (Abdilrahmon Fahmi 67), Amro Surag (Muntari 57), Humuma (Ismoil Muhammad 76), Bassam, Assim Madibo.
Ogohlantirishlar: Abdil Aziz Xatim 33, Bassam 41, Afif 67, Muntari 67, Humuma 72.
Jahon chempionati saralash bosqich Osiyo mintaqasida 10-tur uchrashuvlari davom etdi.
O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentda Qatarni qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab Azizbek Turg‘unboyev 28-daqiqada supergol muallifiga aylandi.
86-daqiqada Eldor Shomurodov chiroyli tarzda, hisobni o‘zgartirdi, - 2:0. So‘nggi daqiqada esa Igor Sergeyev yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Bu natijadan keyin O‘zbekiston milliy jamoasi guruh jadvalida hali tur o‘yinini o‘tkazmagan Eronni quvib o‘tib, birinchi o‘ringa chiqib oldi.