softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Islom To‘xtaxo‘jayev o‘ziga berilgan BYDʼni jamoadoshi Bobur Abduxoliqovga sovg‘a qildi

Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news

Islom To‘xtaxo‘jayev o‘ziga berilgan BYDʼni jamoadoshi Bobur Abduxoliqovga sovg‘a qildi

Batafsil o'qish:

Shuningdek, O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanets o‘zining BYDʼsini milliy jamoa tarjimoni Davron Ahmedovga sovg‘a qildi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasining tajribali himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jayev o‘ziga sovg‘a qilingan BYD Song Plus Champion hibrid avtomobilini jamoadoshi Bobur Abduxoliqovga sovg‘a qildi.

O‘zbekiston milliy jamoasi a’zolariga jahon chempionati yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgani uchun BYD avtomobillari sovg‘a qilindi. Mashinalar kalitini shaxsan prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar bilan o‘yindan so‘ng futbolchilarga topshirdi.

Ta’kidlash joiz, Bobur Abduxoliqov mundial saralashining so‘nggi bosqichida O‘zbekiston safida 4 ta o‘yinda qatnashdi, u Shimoliy Koreyaga qarshi bahsda assistni amalga oshirgan bo‘lsa, BAA bilan o‘yinda penalti ishlashgan muvaffaq bo‘lgandi. OKMK a’zosi Islom To‘xtaxo‘jayev esa milliy jamoaning so‘nggi ikki o‘yiniga chaqirilgandi. Ammo davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxatidan Abduxoliqov emas, balki To‘xtaxo‘jayev o‘rin olgan edi.

O‘z navbatida O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanes esa o‘ziga sovg‘a qilingan BYDʼni milliy jamoa tarjimoni Davron Ahmedovga sovg‘a qildi.