Eron havo hududi yopilishi tufayli ayrim reyslar Toshkentdagi aerodromga yo‘naltirildi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Eron havo hududining yopilishi munosabati bilan bir nechta reyslar Toshkentdagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent — Jidda yo‘nalishidagi HY5343 reysi soat 6:18 da Toshkent aeroportiga qaytib qo‘ndi;
- Fly Dubai aviakompaniyasining Toshkent — Dubay yo‘nalishidagi FZ1942 reysi mahalliy vaqt bilan soat 6:37 da qo‘ndi.
Shuningdek, Air Cairo aviakompaniyasining Olmaota — Sharm-ash-Shayx yo‘nalishi bo‘yicha SM882 reysi (07:46) va Qatar Airways aviakompaniyasining Seul — Doha yo‘nalishi bo‘yicha QR8985 reysi (07:57) Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.
Parvozlar holati haqida batafsil ma’lumot olish uchun aviatashuvchiga murojaat qilish mumkin.