O‘zbekiston va Rothschild & Co yirik strategik investorlarni jalb etishda hamkorlik qiladi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Joriy yilning 12 iyun kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Rothschild & Co guruhi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida davlat aktivlarini xususiylashtirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, bugungi kungacha erishilgan natijalar ko‘rib chiqildi. Xususan, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan banklarni xususiylashtirish jarayonlari, jumladan, IPO (aksiyalarni ommaviy savdoga chiqarish) bosqichlariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar kelgusida yirik strategik investorlarni jalb etish, xususiy sektor ulushini kengaytirish va O‘zbekiston moliya bozorini ochiq, raqobatbardosh tamoyillar asosida rivojlantirish bo‘yicha fikr almashdi.
Uchrashuv yakunida xususiylashtirish va moliyalashtirish sohalarida innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish, bank sektorini xalqaro standartlarga moslashtirish va IPO orqali davlat aktivlarini ochiq va shaffof mexanizmlarda xususiylashtirish borasida keyingi hamkorlik chora-tadbirlari bo‘yicha kelishuvga erishildi.