softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

TIV Eron va Isroilda yashovchi O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

TIV Eron va Isroilda yashovchi O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi

Batafsil o'qish:

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Eron atrofidagi vaziyatning keskinlashishi va Eron hamda Isroilda raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan fuqarolardan xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilishni so‘radi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Zaruratga qarab Eronda istiqomat qiluvchilar bomba boshpanalariga tezlik bilan kirish, Isroilda esa front orti qo‘mondonligi ogohlantirishlariga amal qilish lozim.

Har ikki davlatdagi fuqarolarga rasmiy xabarlarni muntazam kuzatib borish, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va elchixona aloqa ma’lumotlarini doimo yonida saqlash tavsiya etilgan

Erondagi elchixona aloqa ma’lumotlari: telefon: 22299780, 22832025, elektron manzil: [email protected].

Isroildagi elchixona aloqa ma’lumotlari: telefon: 03-672-2466, 03-672-2371, 03-758-5075, 03-758-5076. Shoshilinch xabarlar uchun: 054 485 1397, elektron manzil: [email protected].