softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Toshkent viloyatidagi «og‘ir» toifadagi mahallalarda quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Toshkent viloyatidagi «og‘ir» toifadagi mahallalarda quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi

Batafsil o'qish:

O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish va chekka hududlarni barqaror elektr ta’minoti bilan ta’minlash maqsadida yangi loyiha amalga oshirilmoqda. 

Toshkent viloyatining turli tumanlarida joylashgan, «og‘ir» va «qizil» toifaga kiruvchi 300 ta mahallaga kichik quyosh fotoelektr stansiyalari qurilishi belgilandi. Bu haqda viloyat hokimining tegishli qarorida bayon etilgan.

Loyihaning dastlabki bosqichida Oqqo‘rg‘on tumanidagi Yoshlik, Zarbdor va Ertamg‘ali mahallalarida kooperatsiya asosida quvvati 180 kVt dan 500 kVt gacha bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari qurilishi rejalashtirilgan edi. Ushbu stansiyalar mahalliy aholining elektr ta’minotini yaxshilash bilan birga, qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobiga iqtisodiy tejamkorlikni ham ta’minlaydi.

Loyiha yanada kengaytirilib, endilikda, Bo‘ka, Quyi Chirchiq, Ohangaron va Piskent tumanlaridagi olis va infratuzilmasi sust rivojlangan 16 ta «qizil» toifadagi mahallalarni ham qamrab olmoqda. Loyiha doirasida umumiy hisobda 10 435 ta xonadon energiya bilan ta’minlanishi kutilmoqda. Shuningdek, 751 ta kambag‘al oilani ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Stansiyalarni qurish ishlari Energetika vazirligi huzuridagi «Yashil energiya» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshiriladi. Umumiy quvvati 4 650 kVt bo‘lgan fotoelektr stansiyalari mazkur mahallalarga beg‘araz o‘rnatiladi.