softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Farg‘onada 45 yoshli erkak yosh bolani mashina yukxonasiga solib qo‘ydi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Farg‘onada 45 yoshli erkak yosh bolani mashina yukxonasiga solib qo‘ydi

Batafsil o'qish:

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘dak bolani avtomashinani yukxonasiga solinishi aks etgan videoxabar tarqaldi. Mazkur holat bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda.

Foto: Videodan kadr

Bolalar ombudsmani IIVga so‘rovi asosida Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan bolaga nisbatan noqonuniy harakatlar sodir etgan shaxs tez fursatda aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona shahar, "Yormazor" MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro A.O. (1980 yilda tug‘ilgan erkak) bir yil avval, 2024 yil yoz oylarida opasining farzandi I.M. (2023 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola)ni go‘yoki hazil qilib mashina yukxonasiga o‘tkazib, ustidan yukxonani yopgani aks etgan video olgan va ijtimoiy tarmoqqa joylagan.

Ushbu holat yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. A.O.ga tegishli bo‘lgan avtomashina hozirda Farg‘ona shahar IIBga joylashtirildi.

Bolaga nisbatan mazkur zo‘ravonlik holatini o‘rganish yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytilgan.

Bolalar ombudsmani qat’iy ta’kidlashicha, bu kabi o‘ylovsiz, mas’uliyatsiz harakatlar oqibatida bolaning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetadi. Bola kimningdir bema’ni hazillari yoki ijtimoiy tarmoqda reyting to‘plash vositasi emas. Har bir voyaga yetmagan bolaning huquq va erkinliklari qonun himoyasida, uning huquqlarini buzish qonunan javobgarlikka asos bo‘ladi.