Termiz va Peshovar o‘rtasida birodarlashgan shaharlar maqomi o‘rnatiladi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning Xayber-Paxtunxva provinsiyasi gubernatori Faysal Karim Kundi bilan uchrashdi.
Foto: Dunyo
Muloqot davomida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, iqtisodiyot, investitsiya, transport, ta’lim, madaniyat va turizm kabi sohalarga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda Transafg‘on temiryo‘li loyihasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Pokistonlik mulozim mazkur loyiha Xayber-Paxtunxva, xususan, Xarlachi orqali o‘tishi butun provinsiya uchun strategik ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Bundan tashqari, suhbat chog‘ida 2022 yilda Surxondaryo viloyati hokimligi va Xayber-Paxtunxva provinsiyasi hukumatlari o‘rtasida imzolangan Hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi doirasida, amaliy tadbirlarni faollashtirish yuzasidan ham fikr almashildi.
Muloqot yakunida Termiz va Peshovar shaharlari o‘rtasida birodarlashgan shaharlar maqomini o‘rnatish bo‘yicha hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda joriy yilning avgust oyida gubernator boshchiligidagi Xayber-Paxtunxva ishbilarmonlar delegatsiyasining O‘zbekistonga amaliy safarini tashkil etish xususida kelishib olindi.