Londonda "O‘zbekiston huquq kuni" biznes-forumi tashkil etiladi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniyaning Alberson Solicitors xalqaro yuridik kompaniyasi boshqaruvchi hamkori Nagi Idris bilan uchrashdi.
2021 yilda tashkil etilgan Alberson Solicitors bosh qarorgohi Londonda bo‘lib, kompaniya xususiy shaxslar, korporativ mijozlar va davlatlar uchun yuqori sifatli huquqiy xizmatlarni taqdim etadi.
Suhbat davomida Nagi Idris Alberson Solicitors kompaniyasi O‘zbekistondagi iqtisodiy va huquqiy jarayonlarda ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish va chet el sarmoyadorlariga maslahat xizmatlari ko‘rsatish orqali mamlakatning xalqaro nufuzini yanada oshirishga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor ekanini bildirdi.
Alberson Solicitors kompaniyasi bilan hamkorlikda Buyuk Britaniyada O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati va investitsiyaviy imkoniyatlari, mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik jarayonlarni yanada keng targ‘ib qilish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar o‘tkazish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Xususan, Alberson Solicitors kompaniyasi shu yil 26 iyun kuni Londonda "O‘zbekiston huquq kuni" (Uzbek Law Day) biznes-forumini tashkil etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.