softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi

Batafsil o'qish:

O‘zgidromet 16–19 iyun kunlari jazirama issiq bo‘lishi haqida ogohlantirdi. Havo harorati shu kunlarda +40…+42 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +43, +44 darajagacha ko‘tariladi.

Foto: O‘zgidromet

16–19 iyun kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» direktori Sherzodxo‘ja Habibullaxo‘ja Facebook’da ma’lum qildi.

16–17 iyun kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17–19 iyun kunlari O‘zbekistonning qolgan hududlarida havo harorati kunduz kunlari +40…+42 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +43, +44 darajagacha ko‘tariladi.

Respublika bo‘yicha shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Avvalroq «O‘zgidromet» 13 iyundan boshlab respublika hududiga janubdan quruq va biroz issiq havo kirib kelishi boshlanishini ma’lum qilgandi.