softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Toshkentda sun’iy intellekt sohasida mutaxassislar tayyorlanadigan Yandex ML School ochiladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Toshkentda sun’iy intellekt sohasida mutaxassislar tayyorlanadigan Yandex ML School ochiladi

Batafsil o'qish:

Toshkentda Yandex Uzbekistan kompaniyasi tashabbusi bilan sun’iy intellekt, mashinaviy o‘rganish va ma’lumotlar tahlili sohalarida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan maktab – Yandex ML School tashkil etiladi. Bu haqda kompaniya rahbari Izzat Shukurov IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ma’lum qildi.

Foto: Yandex Uzbekistan

Ma’lum qilinishicha, maktab dasturi Yandex mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u oliy kurs talabalari va IT sohasida bazaviy bilimga ega mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Unda ishtirok etuvchilar mukammallashtirilgan mashg‘ulotlar orqali o‘z malakalarini oshirishi va xalqaro talablarga javob beradigan darajaga chiqishi rejalashtirilgan.

Mazkur ta’lim markazi har yili senior darajasidagi kadrlarni yetishtirib beradi. Shu orqali sun’iy intellekt va ma’lumotlar bilan ishlashga ixtisoslashgan mutaxassislar qatlamini shakllantirish, shu bilan birga, ularni iqtisodiyotning turli sohalaridagi amaliyotga jalb qilish ko‘zda tutilgan.

Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, Yandex ML School — O‘zbekistonda IT-ta’limni barcha bosqichlarda rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli strategiyaning bir qismi.

Biz ta’lim dasturlarimizni yaxlit tizim sifatida qurmoqdamiz — chunki tushunyapmizki, IT-ta’lim faqat katta ekotizimning bir qismi bo‘lganida samarali bo‘ladi. Shuning uchun biz ta’lim loyihalarini barcha bosqichlarda amalga oshiryapmiz: maktab o‘quvchilari uchun dastlabki darslar orqali ularning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlaymiz va hamfikrlarni topishga yordam beramiz, amaldagi mutaxassislar uchun esa ilg‘or dasturlarni taklif etamiz. Yandex ML School’ning ochilishi — O‘zbekistonda texnologik kadrlar va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishdagi yangi qadamdir”, — dedi Yandex Uzbekistan rahbari Izzat Shukurov.

Xabarda markaz faoliyati sun’iy intellekt sohasida mutaxassislar yetishmasligini kamaytirish, IT-infratuzilmani rivojlantirish va sohada raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qilishi ta’kidlangan.