softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Viloyatliklar ham Toshkentda taksichilik qila oladi - transport vaziri

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Viloyatliklar ham Toshkentda taksichilik qila oladi - transport vaziri

Batafsil o'qish:

Taksichilarning litsenziyaga o‘zlari xohlagan hududni ko‘rsatish huquqi bekor qilingani yo‘q, bu haqdagi qaror noto‘g‘ri talqin qilingan, deya ma’lum qildi jurnalistlar bilan yopiq uchrashuv o‘tkazgan transport vaziri Ilhom Mahkamov. Vazirlik matbuot xizmati qaror talablarini o‘z vaqtida tushuntirib bera olmagani uchun mas’uliyatni zimmasiga oldi.

Foto: Kun.uz

13 iyun kuni AOKAda transport vaziri Ilhom Mahkamov va YHXB xodimlari ishtirokida jurnalistlar bilan yopiq uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda kuni kecha katta muhokamalarga sabab bo‘lgan avtomobilning “propiska”siga qarab taksichilik qilish masalasiga izoh berildi.

Vazirga ko‘ra, yo‘nalishsiz taksi xizmatlarini ko‘rsatish uchun fuqarolarning doimiy yashash joyi yoki mashinaning davlat raqamidagi hududiy kodga qaralmaydi. Odamlar istalgan hududida taksichilik qilish uchun litsenziya olishi mumkin.

Vazirning tushuntirishicha, yangi tartib taksi haydovchilari faqat o‘zlari tanlagan va litsenziya varaqasida ko‘rsatilgan hududda ishlay olishini nazarda tutadi. Bunda, fuqaro litsenziya olish paytida qayerda taksichilik qilishni o‘zi tanlaydi va u tanlagan hudud litsenziyada ko‘rsatiladi. Lisenziyada ko‘rsatilgan hududdan tashqarida taksichilik qilishga esa ruxsat berilmaydi.

Rasmiylarga ko‘ra, hujjatning amaliyotda noto‘g‘ri talqin qilinayotgani bo‘yicha mas’ullarga, jumladan aholidan litsenziya uchun arizalarni qabul qiluvchi davlat xizmatlari sohasi vakillariga vaziyatni tuzatish uchun tegishli ko‘rsatma berilgan. Uchrashuvda yangi tartib mediamakonda noto‘g‘ri talqin qilingani uchun mas’uliyat Transport vazirligi matbuot xizmati zimmasida ekani, ular o‘z vaqtida tushuntirib bera olmagani aytildi.

Ammo berilgan bu tushuntirishlar – e’tirozlarga sabab bo‘layotgan hukumat qarori bilan farq qilmoqda.

Xususan, qaror bilan tasdiqlangan nizomning 14-bandida shunday deyiladi: “Haydovchi faoliyatini litsenziya varaqasida ko‘rsatilgan hududda va unga tutash hududda amalga oshirishi mumkin. Bunda litsenziya varaqasida ko‘rsatilgan hudud avtotransport vositasiga berilgan davlat raqami belgilarining hududiy kodlaridan kelib chiqib aniqlanadi”.

Ya’ni hujjatda litsenziyaga talabgor shaxsning hududni ixtiyoriy tanlash huquqi nazarda tutilmagan.

Shunday ekan, vazirning yopiq yig‘ilishda bergan izohini jamoatchilikni tinchlantirish uchun o‘ylab topilgan desa xato bo‘lmaydi. Masalani uzil-kesil hal qilish uchun 14-bandni vazir ta’riflaganidek o‘zgartirish zarur bo‘ladi. Lekin uchrashuvda bu haqda gap bo‘lmadi.

Shunisi aniqki, bu qaror bilan haydovchilarning erkinligi baribir cheklangan: endi, masalan, Samarqand viloyatida taksichilik qilish niyatida litsenziya olgan haydovchi, faoliyatini Toshkent shahrida davom ettirishni istasa, litsenziyasini yangilashga majbur bo‘ladi.