O‘zbekiston va Britaniya ixtisoslashtirilgan ta’lim dasturlarini amalga oshiradi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
O‘zbekiston elchixonasida CERGE-EI fondi prezidenti va bosh direktori Toni Klaudino hamda ushbu tashkilot boshqaruvi a’zosi Syuzan Uolton bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Foto: Dunyo
Muloqot chog‘ida O‘zbekistonda iqtisodiy ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Toni Klaudino joriy yilning aprel oyida O‘zbekistonga qilgan safari davomida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar natijalarini yuqori baholadi. "O‘zbekistonga tashrif davomida "El-yurt umidi" jamg‘armasi, shuningdek, mamlakatingizning qator yetakchi oliy o‘quv yurtlari rahbariyati bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazdik. Natijada sheriklik munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Xususan, iqtisodiyot sohasida kadrlar salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan ixtisoslashtirilgan ta’lim dasturlari va stipendiya tashabbuslarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan", – dedi u.
SSRN va RePEc ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur fond dunyoning yetakchi tadqiqot institutlari qatoridan joy olgan CERGE-EI (Iqtisodiy tadqiqotlar va magistratura ta’limi markazi —Iqtisodiyot instituti) huzurida faoliyat yuritadi. Universitet rivojlanish iqtisodiyotiga ixtisoslashgan tadqiqot institutlarining global tarmog‘i bo‘lgan Global taraqqiyot tarmog‘ining bir qismidir.
Jamg‘armaning missiyasi rivojlanayotgan mamlakatlarda yosh mutaxassislarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Shu maqsadda CERGE-EI va Yevropadagi boshqa ta’lim muassasalarida o‘qish uchun tadqiqot grantlari va stipendiyalar taqdim etadi.