Yaponiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Yaponiya - qonunlarga qat’iy amal qilinadigan, tartibli mamlakat.
Foto: Kun.uz
Migratsiya agentligi xabariga ko‘ra, ba’zida ayrim odamlar noqonuniy ish yoki xavfli takliflarga undashi mumkin.
Shuning uchun quyidagi holatlarga duch kelsangiz, aldanmang va rad eting:
▪️«Maoshingni soliqdan ozod qilamiz» — bu noqonuniy;
▪️«Yashirincha qo‘shimcha ishlaylik» — ish vizangiz buzilishi mumkin;
▪️«Kel, qimor o‘ynaymiz» — bunday o‘yinlar ko‘p hollarda noqonuniy va jazolanadi;
▪️«Boshqa tashkilotda ishlayver, men rezident kartani yasatib beraman» — yasama ID kartalardan foydalanmang;
▪️ «Boshqa odamning bank kartalarini ishlatmang va o‘z bank kartangizni sotmang» — bank kartalari savdosi, katta jinoyatlarga qo‘shilib qolishingizga sabab bo‘lishi mumkin.
Xavfsizligingiz o‘z qo‘lingizda. Har qanday ishni boshlashdan oldin rasmiy hujjatlaringiz va vizangiz shartlarini tekshiring.
Gumonli takliflar haqida mahalliy idoralarga yoki elchixonaga murojaat qiling. Bu haqda ko‘proq ma’lumotni Yaponiyaning Immigratsiya xizmatlari agentligi (ISA) saytida olish mumkin.