softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Toshkent, Jizzax va Samarqandda uglerod xomashyosini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Toshkent, Jizzax va Samarqandda uglerod xomashyosini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi

Batafsil o'qish:

Bolgariyaning "Acta" kompaniyasi vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

O‘rmon va yashil hududlarni kengaytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi direktori Erkin Muhiddinov Bolgariyaning "Acta" kompaniyasi ta’sischisi Georgi Kirchev va kompaniya vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda o‘rmonlarni rivojlantirish hamda uglerod xomashyosini ishlab chiqarish loyihasini Toshkent, Jizzax va Samarqand viloyatlarida amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi. 

Shuningdek, loyiha doirasida ishchi guruh tashkil qilinishiga kelishib olindi. Shundan so‘ng ikki tomonlama o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Uchrashuv yakunida Erkin Muhiddinov kompaniya vakillarini Yeso Expo Central Asia 2025 ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif etdi.