Maskat va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Ummonlik mashhur sayohatchi Nosir al-Ni’maniy o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida 1 iyundan e’tiboran Ummon fuqarolari uchun O‘zbekistonda 30 kunlik vizasiz rejim joriy etilganiga bag‘ishlangan videoni joylashtirdi.
"O‘zbekiston prezidenti Ummon fuqarolari uchun ushbu mamlakatga 30 kunlik vizasiz kirish huquqini beruvchi farmonni imzoladi. Ushbu farmon talablari shu yilning 1 iyunidan amalga kiritildi va u O‘zbekistonni ziyorat qilmoqchi bo‘lgan ummonliklar uchun yangi imkoniyatlarni ochadi", – deyiladi manbada.
Ummonlik sayohatchi O‘zbekiston Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan mamlakat ekanini, yurtimiz o‘zining boy sayyohlik salohiyati, madaniy merosi, noyob tabiati va geografik xilma-xilligi bilan mashhurligini alohida urg‘ulagan. Qayd etilganidek, Samarqand, Toshkent, Buxoro, Xiva kabi shaharlar ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, islom sivilizatsiyasining durdonalari hisoblanadi.
"Bundan tashqari, O‘zbekiston va Ummon tadbirkorlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda. Xususan, O‘zbekistondan go‘sht, don, mevalar, sabzavotlar va turli mahsulotlarni Ummonga eksport qilish imkoniyatlari kengayyapti. 1 iyundan boshlab ushbu yangilik rasman kuchga kirdi. Yaqin kelajakda Maskat va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov ham yo‘lga qo‘yiladi", – deya qayd etadi Nosir al-Ni’maniy.