softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

TMK kritik minerallar bo‘yicha xalqaro kadrlar tayyorlash tashabbusi bilan chiqdi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

TMK kritik minerallar bo‘yicha xalqaro kadrlar tayyorlash tashabbusi bilan chiqdi

Batafsil o'qish:

Bugun dunyoda eng ko‘p gapirilayotgan so‘zlardan biri – “kritik minerallar”. Ular texnologik taraqqiyotning yuragiga aylanib, energiya saqlashdan sun’iy intellekt, elektrotransport va mudofaa tizimlarigacha bo‘lgan sohalarni harakatga keltirmoqda. Endilikda bu resurslarni chuqur anglaydigan, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlay oladigan va xalqaro tajribaga ega kadrlar tayyorlash dolzarb vazifaga aylandi. Shu bois bu resurslarni chuqur tushunadigan, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlay oladigan va xalqaro malakaga ega muhandislarni tayyorlash – bugungi kunning ustuvor vazifasidir.

Kritik xomashyo va nodir yer elementlari bugungi global iqtisodiyotda tobora muhim strategik resursga aylanmoqda. Dunyoda texnologik mustaqillik, yashil energetika va innovatsion sanoat tarmoqlarini barpo etish bo‘yicha kechayotgan raqobatda ushbu resurslarga ega bo‘lish va ularni chuqur qayta ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan davlatlargina barqaror rivojlanish sur’atlarini saqlab qolmoqda. Shu jihatdan qaralganda, O‘zbekiston uchun ham geologik boyliklarni birgina xomashyo sifatida emas, balki yuqori qo‘shilgan qiymatga ega strategik kapital sifatida qayta ko‘rib chiqish vaqti keldi.

Texnologik metallar oliy maktabi. TMK nimani maqsad qilmoqda?

O‘zbekiston geologik boyliklar nuqtai nazaridan Markaziy Osiyodagi eng istiqbolli davlatlardan biridir. Ammo ushbu resurslardan samarali va uzoq muddatli foydalanish uchun oddiy geolog emas, balki strategik fikrlaydigan, zamonaviy texnologiyalarni biladigan va xalqaro ko‘nikmaga ega muhandislar, ilmiy tadqiqotchilar, sanoat rahbarlari zarur. Hozirda O‘zbekistonda bu yo‘nalishlarda kadrlar yetishmovchiligi yaqqol sezilmoqda. Mavjud texnik universitetlarda kritik minerallar va nodir metallar sohasiga ixtisoslashgan, xalqaro standartlarga mos mutaxassis tayyorlash amaliyoti deyarli yo‘q.

Texnologik metallar oliy maktabi — mamlakatda ilk bor kritik minerallar bo‘yicha xalqaro darajadagi kadrlar tayyorlashga qaratilgan oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Bu yerda ta’lim an’anaviy nazariyaga emas, balki amaliyotga, sanoat bilan integratsiyaga asoslanadi.

TMKning ilm-fan va texnik rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i Timur Hikmatullayev:

TMK o‘z oldiga yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish, chuqur qayta ishlash texnologiyalarini joriy etish, eksport salohiyatini oshirishdek strategik maqsadlar qo‘ygan. Bunday yondashuv albatta, yuqori malakali, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega kadrlarga ehtiyojni keskin oshirmoqda. TMK bu ehtiyojni uzoq muddatli, barqaror tarzda qondirish uchun o‘zining kadrlar tayyorlash tizimini yaratmoqda.

 

TMK dual ta’lim va xorijda o‘qishni davom ettirish imkoniyatini beradi

Oliy maktabning bakalavriat dasturida ta’lim jarayonlari Italiyaning mashhur Piza universiteti bilan hamkorlikda olib boriladi. Ta’limning o‘ziga xosligi, darslar nafaqat auditoriyada, balki TMKning real ishlab chiqarish korxonalarida bo‘ladi. Ya’ni talabalar bugun laboratoriyada volframning ilmiy asoslarini o‘rgansa, ertaga uni sanoat korxonasida eritish jarayonida ishtirok etish va ushbu strategik metallning butun sanoat zanjiri bo‘ylab harakatini amaliy tajriba asosida kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Eng qizig‘i, talabalar to‘rtinchi bosqichda Italiyaga borib, o‘sha yerda ilm olishadi.

Oliy maktabning yana bir maqsadi kritik minerallar yo‘nalishidagi magistratura dasturidir. Xitoyning Geofanlar universiteti bilan birgalikda yo‘lga qo‘yilgan bu loyiha xalqaro darajada geologiya, izlanish va razvedka sohalarida mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan. Ta’limning ikkinchi bosqichida magistrlar Xitoyda o‘qishni davom ettirishadi.

Oliy maktabda o‘qib ikkita diplomga ega bo‘ling. Bitta diplom xalqaro!

Bakalavr va magistratura bosqichlarida o‘qish jarayoni ingliz tilida olib boriladi. Bundan maqsad xalqaro mutaxassislarni tayyorlashdir. Oliy maktabning magistratura bosqichi bitiruvchilari uchun beriladigan eng katta imkoniyatlardan biri esa ular ikki davlat diplomiga ega bo‘lishadi.

Ma’lumot uchun, ushbu oliy maktabning balakavr va magistratura yo‘nalishlariga qabul joriy yilning 5 iyun sanasidan 25 iyun sanasiga qadar davom etadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

📞+998 97 759 44 00 (Bakalavr yo‘nalishi)

📞+998 97 477 00 46 (Magistr yo‘nalishi)

📎Telegram bot: @school_of_uztmk_bot

Reklama huquqi asosida