Erondagi cheklovlar sababli Dubay va Sharm ash-Shayxga aviareyslar jadvali o‘zgartirildi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Uzbekistan Airways Toshkentdan Tel-Avivga parvozlarni iyun oyi oxirigacha to‘xtatdi hamda Dubay va Sharm al Shayxga parvozlar jadvaliga o‘zgartirish kiritdi. Qanot Sharq va Air Samarkand ham Tel-Avivga eng yaqin reyslarni bekor qildi. Centrum Air Toshkent-Dubay yo‘nalishini o‘zgartirdi.
Uzbekistan Airways Toshkentdan Dubay va Sharm ash-Shayx yo‘nalishlarida qatnovchi reyslar bo‘yicha muhim axborot bilan chiqdi.
Eron havo hududidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan cheklovlar sababli Uzbekistan Airways 2025 yil 15 iyundan 30 iyungacha Toshkent–Dubay va Toshkent–Sharm ash-Shayx yo‘nalishlaridagi reyslar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritadi:
HY333/334 reyslari:
HY341/342 reyslari (seshanba kunlari):
HY341/342 reyslari (chorshanba va yakshanba kunlari):
Bundan tashqari, Uzbekistan Airways 16 iyundan 30 iyungacha Toshkent – Tel Aviv – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni to‘xtatishga majbur bo‘lganini ma’lum qildi. Bu Tel-Avivdagi Ben-Gurion aeroporti yopilishi bilan bog‘liq.
Centrum Air Eron havo hududi yopilishi munosabati bilan Toshkent – Dubay yo‘nalishi bo‘yicha parvoz yo‘nalishi o‘zgargani haqida xabar bergan.
Qanot Sharq kompaniyasi 14 va 15 iyun kunlari Tel Avivga parvozlar bekor qilingani haqida xabar berdi, Air Samarkand 15 iyun kuni Samarqanddan Tel Avivga parvozni bekor qildi.
Uzbekistan Airports ma’lumotlariga ko‘ra, xorijiy aviakompaniyalar ham Toshkentga bir nechta reyslarni bekor qilgan: