softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Prezident administratsiyasi nazorat inspeksiyasi tugatildi, uning rahbari Saidlaziz Saidkarimov prezident tanqidiga uchradi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Prezident administratsiyasi nazorat inspeksiyasi tugatildi, uning rahbari Saidlaziz Saidkarimov prezident tanqidiga uchradi

Batafsil o'qish:

Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev prezident administratsiyasi nazorat inspeksiyasi faoliyatini kattiq tanqid ostiga olib, uni bugunoq tugatishga topshiriq berdi. Saidlaziz Saidkarimov nazorat inspeksiyasiga 2022 yil avgustidan buyon rahbarlik qilib kelgan, u prezident topshiriqlari ijrosiga mas’ul bo‘lgan va ularga sovuqqonlik bilan yondashgan rahbarlarga chora ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritib borishi kerak edi.

Yig‘ilishda Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi.

"Nazorat inspeksiyasiga nima uchun shuncha vakolat berilgan? Vazirlarga yaxshi ko‘rinish uchun, ular nimani bersa, shuni ko‘tarib kelmasdan, masalalarni o‘rganib, aybdorlarni jazolash bo‘yicha nega taklif kiritmaydi?",
 - dedi davlatimiz rahbari.

Faoliyatidagi kamchilik va muammolarni hisobga olib, Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasini bugunning o‘zida tugatishga qaror qilindi.

Shu bois ijro intizomini mustahkamlash, aholi muammolari bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratilishi belgilandi.

Bundan buyon ijro intizomiga Hisob palatasi mas’ul bo‘ladi, uning vakolatlari kengaytiriladi.

Endilikda Hisob palatasi qarorlar bilan berilgan mablag‘larni faqatgina to‘g‘ri sarflanishini emas, balki nima samara berganini, aholi bundan qanchalik rozi bo‘lganini ham o‘rganadi.
 
Palata raisi har bir qaror ijrosi natijadorligini tahlil qilib, zaif nuqtalar, “aravasini tortmayotgan” rahbarlar va ishlamayotgan tizimlar bo‘yicha o‘z taklifini har oyda Prezidentga kiritadi.