softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Hafta davomida harorat +44 darajagacha ko‘tariladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Hafta davomida harorat +44 darajagacha ko‘tariladi

Batafsil o'qish:

16–19 iyun kunlari O‘zbekistonda havo +40…+44 darajagacha isiydi, kechalari dim bo‘ladi. Hafta oxirida harorat +35…+38 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

Foto: Kun.uz

Hafta boshidan O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kuchayadi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».

16–17 iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17–19 iyunda O‘zbekistonning qolgan hududlarida havo harorati kunduz kunlari +40…+42 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +43…+44 darajagacha ko‘tariladi.

Kechalari ham havo dim bo‘ladi. Faqat ertalabki soatlarda harorat bir muddat +24…+27 darajagacha tushadi.

Hafta oxirida harorat biroz pasayadi, hududning katta qismida kunduzgi havo harorati +35…+38 daraja, janubda +39…+41 daraja atrofida bo‘ladi. Shu kunlarda O‘zbekiston bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi.

Respublika bo‘yicha shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. 16–18 iyun kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 19–21 iyunda respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Tog‘li hududlarda 20 iyun kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi.

Toshkent shahrida asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat dushanba kunduzi +36…+38 daraja, 17–19 iyunda +38…+41 darajagacha, 20 iyunda +35…+37 daraja bo‘ladi.