Alshaya Group O‘zbekistonda ilk savdo nuqtalarini ishga tushiradi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi rahbari Laziz Qudratov xalqaro Alshaya Group boshqaruvi raisi Muhammad Alshaya bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
1890 yilda tashkil etilgan kompaniya dunyo bo‘yicha mashhur brendlarning 4000 dan ortiq savdo nuqtalarini boshqaradi, yillik daromadi 11 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Kompaniya xodimlarining soni 50 mingdan ortiq.
Tomonlar O‘zbekistonda taniqli brendlar do‘konlarini ochish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Alshaya Group O‘zbekistonni barqaror o‘sayotgan iste’mol sektori, sarmoyadorlar uchun jozibador muhit va mamlakatning demografik salohiyati sababli Markaziy Osiyodagi istiqbolli bozor sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Kompaniya vakillari uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirar ekan, yaqin vaqt ichida ilk savdo nuqtalarini ishga tushirish rejalari bilan bo‘lishdi. Uchrashuv davomida brendlarning O‘zbekiston bozoriga muvaffaqiyatli kirib borishi uchun aniq amaliy choralar kelishib olindi.