softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Qonunchilikka ma’muriy ogohlantirish chorasi kiritiladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Qonunchilikka ma’muriy ogohlantirish chorasi kiritiladi

Batafsil o'qish:

Huquqbuzarlik birinchi marta sodir etilganda, ayrim holatlarda ma’muriy ogohlantirish chorasini qo‘llash imkoniyati yaratiladi.

Foto: Kun.uz

O‘zLiDeP fraksiyasi yig‘ilishida «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Qonun loyihasida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishlari uchun javobgar shaxs aniq tartibda belgilanmoqda. Shuningdek, huquqbuzarlik birinchi marta sodir etilgan bo‘lsa, ayrim holatlarda ma’muriy ogohlantirish chorasini qo‘llash imkoniyati yaratiladi. Ta’kidlanishicha, bu huquqbuzarlik og‘ir bo‘lmagan hollarda fuqarolarga nisbatan yumshoqroq yondashish imkonini beradi.

O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari, ayniqsa, jarimalarning belgilangan muddatda yuborilmasligi orqali fuqarolarga bir necha oy o‘tib javobgarlik yuklash holatlarini keskin tanqid qildi. Kodeksning 36-moddasiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar aynan shunday holatlarni bartaraf etish, jarimalar qonuniy muddatda yuborilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, fraksiya yig‘ilishida ma’muriy jazolar turlariga ma’muriy ogohlantirishni alohida tartib sifatida kiritish fuqarolar manfaati uchun to‘g‘ri va adolatli qadam ekani qayd etildi. Bu orqali fuqarolarning huquqiy ongi oshishi bilan birga, jazoning tarbiyaviy jihati ham kuchayadi.

Yig‘ilishda fraksiya a’zolari loyiha qonunchilikni yanada takomillashtirishga xizmat qilishini ta’kidlab, uni konseptual jihatdan qo‘llab-quvvatlashdi hamda ko‘tarilgan fikr-mulohazalar asosida yanada maromiga yetkazish bo‘yicha takliflar berdi.