softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochiladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochiladi

Batafsil o'qish:

«Ugom-Chotqol» qo‘riqxonasi hududida yana bir bir turistik majmuasi qurib bitkazilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur loyiha nafaqat tabiatni sevuvchilar, balki milliy madaniyat va gastronomiyani qadrlovchilar uchun diqqatga sazovor manzil bo‘ladi. Xususan, bu yerda zamonaviy mehmonxona, milliy taomlar restorani, degustatsiya zali va eng qiziqarlisi — qadimiy Markaziy Osiyo an’analarini aks ettirgan, biroq zamonaviy qulayliklarga ega o‘tovlar quriladi.

Shuningdek, bir vaqtning o‘zida 1000 kishidan ortiq mehmonni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan maydonlar bo‘ladi. Rejaga ko‘ra, kelajakda MSA Resort yiliga taxminan 20 ming sayyohni qabul qiladigan majmuaga aylantiriladi.

Majmuada uzumchilikning noyob va ko‘p asrlik an’analarini asrab-avaylashga alohida e’tibor qaratiladi. 350 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilishi reja qilingan.