Oman Air O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
O‘zbekiston hamda Ummon o‘rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida ikki davlat aviatsiya hukumatlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda O‘zbekiston va Ummon o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish, jumladan Oman Air aviakompaniyasining O‘zbekistonga rejalashtirilayotgan parvozlari, shuningdek ikki davlat aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasidagi kelishuvlarni yangilash bilan bog‘liq jihatlar muhokama etildi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston va Ummon aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasidagi kelishuv yangilandi. Imzolangan kelishuvga asosan har ikki tomon aviakompaniyalariga haftasiga 50 tagacha qatnov amalga oshirishga ruxsat berildi.
Shuningdek, Samarqand hamda Salala xalqaro aeroportlarida ochiq osmon rejimidan foydalanish hamda yuk tashish parvozlarida har ikki mamlakat aeroportlarida “beshinchi, oltinchi va yettinchi havo erkinligi”dan foydalanish huquqi berildi.
Joriy yilda Oman Air aviakompaniyasining O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam parvozlarini yo‘lga qo‘yilishida tegishli yordam ko‘rsatilishi ta’kidlandi.