softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Kamera yozgan qoidabuzarlik uchun qaror bir oydan kechiksa, jarima qo‘llanmaydi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Kamera yozgan qoidabuzarlik uchun qaror bir oydan kechiksa, jarima qo‘llanmaydi

Batafsil o'qish:

Shuningdek, qator yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun bir martalik ogohlantirish beriladi.

«O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga «ma’muriy ogohlantirish» jazo chorasini kiritish va ijtimoiy xavfliligi kam bo‘lgan yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ogohlantirish jazosini qo‘llashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda avtomatlashtirilgan foto va videovositalari yordamida qayd etiladigan huquqbuzarliklar aniq sanab o‘tilmoqda. Xususan, ular MJTKning 13 ta moddasida nazarda tutilgan qoidabuzarliklar bo‘lib, quyidagilardir:

– xavfsizlik kamarini taqmaslik, davlat raqamini yechib olib boshqarish hamda tegishli bo‘lmagan raqamni taqib olish;
– transport vositalarini trotuarlardan, velosiped yo‘lkalaridan, yashil maydonlardan yurgizish, yo‘l belgilari talablariga rioya etmaslik;
– boshqarish vaqtida telefondan foydalanish;
– tezlikni oshirish;
– svetoforning taqiqlovchi signaliga rioya qilmaslik, to‘xtash chizig‘ini bosib o‘tish;
– maxsus transport vositalariga xalaqit berish, avariya holatini yuzaga keltirish, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqish;
– to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzish;
– avtobuslar uchun ajratilgan tasmada harakatlanish;
– quvib o‘tish qoidalarini buzish;
– yo‘l bezoriligi;
– guruh bo‘lib harakatlanishda qatnashish;
– temiryo‘ldan o‘tish qoidalarini buzish;
– transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxs boshqarishi.

Mazkur huquqbuzarliklar bevosita radarlar orqali qayd etiladi.

Shu bilan birga, yo‘l chizig‘ini (polosa) bosganlik kamera orqali qayd etilmaydi.

Shuningdek, endi agar kamera va radarlar orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun qaror bir oydan kechiktirib chiqarilgan bo‘lsa, jarima qo‘llanmaydi.

Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Jahongir Shirinovning qayd etishicha, qonun loyihasi bilan taklif etilgan muhim yangiliklardan biri – ma’muriy ogohlantirish instituti kiritilishi bo‘ldi.

Bunda ma’muriy jazolar tizimiga yangi ma’muriy ogohlantirish jazo chorasi sifatida kiritilmoqda. Ushbu chora quyidagi oltita huquqbuzarliklarni birinchi marta sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanishi belgilangan:

– transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzganlik, jumladan, kamar taqmaganlik, texnik ko‘rikdan o‘tkazmaganlik, tegishli jihozlar bilan jihozlamaganlik holatlari;
– boshqarish vaqtida telefondan foydalanganlik;
– boshqarish vaqtida monitordan foydalanganlik;
– to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzganlik;
– majburiy sug‘urta qilish talablarini buzganlik;
– piyodalar va yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun.