softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

To‘qayev Mirziyoyevni O‘zbekiston 2026 yilgi jahon chempionatiga chiqqani bilan tabrikladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

To‘qayev Mirziyoyevni O‘zbekiston 2026 yilgi jahon chempionatiga chiqqani bilan tabrikladi

Batafsil o'qish:

Jahon chempionatida sizga muxlislik qilamiz, dedi Qozog‘iston prezidenti.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni mamlakat terma jamoasining futbol bo‘yicha jahon chempionatiga chiqqani bilan tabrikladi.

To‘qayev 17 iyun kuni Ostonada o‘tkazilgan «Markaziy Osiyo - Xitoy» sammitida so‘z berishdan oldin hamkasbiga murojaat qildi.

«Sportdagi ushbu tarixiy muvaffaqiyat, O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatiga chiqqani bilan chin qalbimdan tabriklayman. Bu o‘zbek futboli uchun ulkan muvaffaqiyat. Biz o‘zbek do‘stlarimiz uchun chin dildan xursandmiz va albatta sizlarga muxlislik qilamiz», dedi Qozog‘iston rahbari.

O‘zbekiston milliy jamoasi Osiyo saralash turniri «A» guruhida ikkinchi o‘rinni egallab, ilk bor jahon chempionatiga yo‘llanma oldi.

«Markaziy Osiyo - Xitoy» sammitida ishtirok etgan Xitoy, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston milliy jamoalari saralash turnirida muvaffaqiyat qozonmadi.

Qozog‘iston milliy jamoasi Yevropa saralash turnirida «J» guruhida ishtirok etmoqda va Shimoliy Makedoniya, Uels, Belgiya, Lixtenshteyn terma jamoalari bilan yagona yo‘llanma uchun kurash olib bormoqda. Yevropada saralash o‘yinlari noyabr oyida yakunlanadi. Qozog‘iston hozircha guruhda 4-o‘rinni egallab turibdi.

Jahon chempionati 2026 yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar Kanada, Meksika va AQSh shaharlarida bo‘lib o‘tadi.