Isroilni mustaqil tark etmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga 2 ta yo‘nalish tavsiya qilindi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat tufayli Isroilni mustaqil tark etish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga yo‘nalish berdi. Diplomatik muassasaga ko‘ra, vatandoshlar 3 ta nazorat-o‘tkazish punktlari orqali Misr yoki Iordaniyaga o‘tib, Toshkentga uchib kelishlari mumkin.
Isroil va Misr o‘rtasidagi Taba nazorat o‘tkazish punkti. / Foto: NYC2TLV
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston fuqarolari quyidagi nazorat-o‘tkazish punktlari orqali Isroilni tark etishlari mumkin:
Ushbu chegara punktlari hozirda odatiy tartibda - 24 soat faoliyat ko‘rsatmoqda.
Misr orqali qaytishda
Yuqoridagi postlar orqali, xususan, «Menaxem Begin»/«Taba» nazorat-o‘tkazish punktidan Misrga o‘tganda O‘zbekiston fuqarolari ushbu punktni kesib o‘tib, Misrga vizasiz («Sinay kirish muhri» orqali) kira oladi. «Sinay kirish muhri» — 14 kungacha faqat Sinay yarimoroli hududida bo‘lish huquqini beradi.
Bunda 21 yoshga to‘lmagan fuqarolarga ota yoki onalaridan biri hamrohlik qilishi shart. «Taba»dan Sharm ash-Shayxgacha (270 km) avtobus yoki avtomobillarda harakatlanish imkoniyati mavjud. Sharm ash-Shayx aeroportidan esa haftasiga 3 marta UzAirwaysʼning to‘g‘ridan to‘g‘ri Toshkentga reyslari bor. Shuningdek, Sharm ash-Shayxdan Istanbul orqali ham O‘zbekistonga qaytish mumkin.
Iordaniya orqali qaytish
O‘zbekiston fuqarolari «Shayx Xusayn» yoki «Isxak Rabin»/«Vadi Arava» nazorat-o‘tkazish punktlari orqali Iordaniya poytaxtigacha borib, keyin quyidagi aviayo‘nalishlardan foydalanishi mumkin:
• «Ummon–Istanbul–Toshkent» yoki «Ummon–Dubay–Toshkent».
O‘zbekiston fuqarolari ushbu yo‘nalishda Iordaniyaga kirish uchun mamlakat IIV sayti orqali viza olishi kerak bo‘ladi:
Fuqarolar zarur hollarda O‘zbekiston elchixonalarining favqulodda telefon raqamlariga murojaat qilishi mumkin:
Shuningdek, O‘zbekiston diplomatik muassasasi fuqarolarni Isroil hududini tark etayotganda shaxsiy xavfsizlik ehtiyot choralarini ko‘rishga hamda front orti buyrug‘i tomonidan berilgan ko‘rsatmalarga qat’iy amal qilishga chaqirdi.
Avvalroq berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilda 10 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi istiqomat qiladi va vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi.