softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Ayrim dorixonalar 2,6 mlrd so‘mdan ortiq asossiz daromad olgani aniqlandi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Ayrim dorixonalar 2,6 mlrd so‘mdan ortiq asossiz daromad olgani aniqlandi

Batafsil o'qish:

Respublika bo‘yicha 200 dan ortiq dorixonalar 2,6 milliard so‘mdan ortiq asossiz daromad olgani aniqlanib, ularni qaytarish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi, deb xabar bermoqda Raqobat qo‘mitasi.

Foto: Kun.uz 

Qo‘mita  tomonidan Fair tech yagona axborot tizimi orqali dorixonalarda dori vositalarini sotishda belgilangan savdo ustamalariga rioya etilmagani holatlari  o‘rganib borilgan. 

Yagona axborot tizimi orqali kelib tushgan xabarlar bo‘yicha  2025 yilning o‘tgan davri davomida olib borilgan o‘rganishlarda 225 ta dorixonada 62 704 ta holatda dori vositalarning savdosi bo‘yicha 2,6 milliard so‘m asossiz daromad olingani aniqlandi hamda belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, mablag‘larni qaytarish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

Jumladan, ulgurji savdoda:

1744 ta holatda — “Yevro Farm Biznes” MChJ XK;
1695 ta holatda — Tar Pharm Alliance MChJ;
5191 ta holatda — “Garmoniya Farm” MChJ.

Narxlarni asossiz oshirish alomatlari bo‘yicha yuqoridagi MChJga nisbatan qo‘mitaning maxsus komissiyasi tomonidan ish qo‘zg‘atildi.

Raqobat qo‘mitasi dorixonalarda retsept bilan beriladigan dori vositalari belgilangan narxlariga rioya etilmay sotilgan taqdirda chora ko‘rilishi haqida ogohlantirdi.