Ko‘plab avtobus bekati talabga javob bermaydi – Raqobat qo‘mitasi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Raqobat qo‘mitasi O‘zbekiston bo‘ylab 2800 ta avtobus bekatlarini tanlanma usulida tekshirdi. Ularning ko‘pchiligida kutish zallarida elektr yoritgichlar yo‘qligi, nogironlar uchun maxsus ko‘tarma panduslar o‘rnatilmagani, yo‘lovchilar issiq va sovuq havodan himoyalanmagani aniqlandi.
Respublika bo‘ylab o‘rganish ishlari davomida 2800 dan ortiq avtobus bekatida qator kamchiliklar aniqlandi, deya xabar berdi Raqobat qo‘mitasi.
Qayd etilishicha, qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tanlanma usulida 2800 tadan ortiq bekat faoliyati o‘rganib chiqilgan. O‘rganishlarda belgilangan normalarga nomuvofiq faoliyat ko‘rsatayotgan ba’zi bekatlarda quyidagi kamchiliklar aniqlangan:
Qo‘mita aniqlagan kamchiliklarni bartaraf etish uchun Transport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklariga tegishli ko‘rsatmalar yuborgan.