softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

"Bunday holatlar davlatni xalqaro darajada obro‘sizlantiradi" - Buxoro hokimi "ishi" faollar nigohida

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

"Bunday holatlar davlatni xalqaro darajada obro‘sizlantiradi" - Buxoro hokimi "ishi" faollar nigohida

Batafsil o'qish:

O‘tgan hafta bog‘chadagi obektni sud-pudsiz ichidagi odami bilan buzib, yo‘q qilishni buyurgan Buxoro hokimi Botir Zaripov hali-hanuz keng muhokamada. Hokimlik rasmiy raddiya berib, odamlarni noto‘g‘ri tushunganlikda aybladi. Kun.uz suhbatlashgan jamiyatshunos fikricha, amaldor Zaripov hech bo‘lmasa xalqdan uzr so‘rashi kerak edi. Hokimning iste’fosini kutgandim, deydi Mahmud Yo‘ldoshev.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

22 may kuni Buxoro viloyatidagi bog‘chalardan birida bo‘lgan hokim Botir Zaripov o‘z jamoasiga bu hududda qog‘ozsiz qurilgan obektni sud-pudni kutmay buzib, ichidagi odami bilan ko‘mib tashlashni buyurdi. Uning yonida turgan IIB hamda prokuror, hokimiyat vakillari Zaripov buyrug‘ini darhol tasdiqlagan. Bu video esa o‘tgan hafta keng tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Faollar hokimni tiriklayin odam o‘ldirishni targ‘ib qilayotganlikda, yana ba’zilar esa hokim rahbarlar noloyiq so‘zlarni ishlatganini yozdi. Kun.uz suhbatlashgan faollar fikricha, hokim hech bo‘lmasa xalqdan uzr so‘rashi kerak edi.

“Yechim shuki, hokim tepadan turib, ishdan olinishi kerak edi. Bu juda qo‘pol variant. Yoki bo‘lmasa, u xalqdan uzr so‘rashi kerak edi. Bilasizmi, davlat ishi, jamiyatni boshqarish qiyin ish ekan deya iste’fo berganida balki u hurmatga ham sazovor bo‘lardi. Yumshoq qilib aytganda, bu gaplari bilan hokim ma’muriy jinoyatga qo‘l urgan” - Mahmud Yo‘ldoshev, jamiyatshunos

Inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanovga ko‘ra, Buxoro hokimining tarmoqda bunday gaplari oldidan yulduz bo‘lishi umumiy kasallikning bir ko‘rinishi. O‘zbekistondagi hokimlar bilan bunday voqealar tez-tez uchraydi va eng yomoni biror rahbar gapirgan gapi uchun jiddiy jazoga tortilmagan. Qonun ustuvor bo‘lishi kerak, oldingilari jazolanmagani uchun endi bu gal ham gapirib bo‘lmaydi, deydi Tashanov.

“Kelinimning oyog‘i egriligini bilardim, lekin qo‘lga tushgani yomon bo‘ldi-da, degan qo‘pol hazil bor. Botir Zaripovning voqeasi ham xuddi shunday, ya’ni bu holat umumiy kasallikning bir xuruji. U endi qanday qilib xalq oldiga chiqadi, qanday qilib Buxorodagi qurilish va obodonlashtirish ishlari haqida gapiradi. U ma’nan sindi” – Abdurahmon Tashanov, inson huquqlari faoli

Suhbatdoshlarga ko‘ra, O‘zbekistonda hokim lavozimi strategik mavqega ega, Buxoro ham strategik hududlardan biri. Amaldor esa odob-axloq qoidalari, o‘zini tutish me’yorlariga puxta qarashi lozim. Bundan tashqari, xalq vakillari uyi hisoblangan – parlamentning bu voqeaga jim tomoshabin bo‘lishi – g‘alati. Hammasiga tizim aybdor, deydi ular.

“Balki uning hayotida travmalari bordir, oldin ishlagan joyi – bankda shunaqa muomala qilishgandir. Buxoroliklar o‘zaro qo‘polroq gaplashadi, degan sabab ham o‘zini oqlamaydi. Chunki nazokat bilan gapiradigan vodiylik hokimlarni ham ko‘rdik” – Abdurahmon Tashanov, inson huquqlari faoli

Suhbat yakunida ikki spiker ham hokimning chiqib xalqdan uzr so‘rashidan umidvorligini aytdi.

Suhbatni Kun.uz’ning YouTube’dagi sahifasida to‘liq tomosha qiling.

Shohrux Majidzoda suhbatlashdi.