softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Ijro hujjatlari ma’lumotlarini qamrab olgan Majburiyatlar reyestri yuritiladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Ijro hujjatlari ma’lumotlarini qamrab olgan Majburiyatlar reyestri yuritiladi

Batafsil o'qish:

2025 yil 16 iyun kuni imzolangan yangi qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, ijro ishini yuritish doirasida qabul qilingan qaror va boshqa hujjatlar jismoniy shaxslarga – ularning YaIDXP (my.gov.uz)dagi shaxsiy kabineti orqali, shuningdek yuridik shaxslarga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilishi ko‘rsatildi. 

Mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining yarmi miqdoridagi pul mablag‘lari fuqarolarning qarzdorliklari bo‘yicha undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan eng kam kafolatlangan daromad etib belgilandi.

Bundan tashqari,  majburiy ijro byurosi ijro hujjatlariga doir ma’lumotlarni qamrab olgan Majburiyatlar reyestrini yuritishi ko‘zda tutildi.

Davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari bo‘yicha Majburiy ijro byurosi bilan tezkor axborot almashinuvini  amalga oshiradi.

Ijro hujjatlariga doir ma’lumotlar Majburiyatlar reyestriga avtomatlashtirilgan tizim orqali kiritiladi va 10 yil davomida saqlanadi.

Shuningdek, qonun hujjatlariga majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish chog‘ida davlat ijrochilari tomonidan mobil videokuzatuv vositalaridan foydalanilishi mumkinligini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritildi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.