softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Magnum O‘zbekistonni tark etadi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Magnum O‘zbekistonni tark etadi

Batafsil o'qish:

Qozog‘istonning Magnum supermarketlar tarmog‘i O‘zbekistonni tark etyapti. Kompaniyaga tegishli savdo do‘konlarining ayrimlari allaqachon yopilgan, qolganlarida ham oxirgi tovarlar sotib tugatilyapti. 2021 yilning dekabrida O‘zbekiston bozoriga kirgan Magnum 2023 yil avgustida Carrefour savdo tarmog‘ini ham sotib olgandi.

Foto: Magnum

Qozog‘istonning yirik savdo tarmog‘i Magnum O‘zbekistondagi faoliyatini to‘xtatyapti. Bu haqda Forbes Kazakhstan xabar berdi.

Magnum’ning Toshkentda oltita do‘koni bo‘lgan: ulardan beshtasi supermarket, bittasi gipermarket formatida ishlagan. Forbes Kazakhstan ma’lumotlariga ko‘ra, supermarketlarning ayrimlari allaqachon yopilgan, qolganlarida ham oxirgi tovarlar sotib tugatilyapti.

Magnum O‘zbekiston bozoriga 2021 yilning dekabrida kirib kelgandi. Kompaniya rahbari Azamat Osmonov qo‘shni bozorga chiqish uchun ikki yilga yaqin tayyorgarlik ko‘rilganini aytib, faoliyatining birinchi yilida taxminan 20 million dollar investitsiya kiritilishini ma’lum qilgandi.

2023 yil avgust oyida Magnum Cash & Carry kompaniyasi O‘zbekistondagi barcha Carrefour do‘konlarini Majid Al Futtaim Uzbekistan’dan sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgandi. Kompaniya vakillari 2024 yilda yana 10 ta savdo nuqtasini ochib, tarmoqlar sonini 17 taga yetkazishini e’lon qilgandi.

Biroq 2024 yil boshidan boshlab ushbu kengayish rejalari to‘xtadi. 2024 yil fevral oyida Toshkentdagi Magnum Qoratosh savdo nuqtasi yopildi. 2025 yil may oyida esa yana ikki savdo nuqtasi – Magnum Yunusobod va Magnum Atlas Chilonzor – rasman boshqa manzilga ko‘chirilgani haqida xabar berilgan bo‘lsa-da, amalda o‘z faoliyatini to‘xtatdi.