softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Transport vositalarini nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojiga moslashtirish xarajatlari qoplab beriladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Transport vositalarini nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojiga moslashtirish xarajatlari qoplab beriladi

Batafsil o'qish:

Reglamentga ko‘ra, avtotransport vositalarini nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlarining 50 foizi, biroq BHM 30 baravarigacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi.

Foto: RIA Novosti

Hukumat qarori bilan «Avtotransport vositalarini nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlarini qoplash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish»ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentga ko‘ra, avtotransport vositalarini nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlarining 50 foizi, biroq BHM 30 baravarigacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi.

Bunda xarajatlar 2025 yil 1 oktyabrgacha shahar, shahar atrofi, shaharlararo avtobusda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha tenderda g‘olib bo‘lib, ushbu yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatgan tadbirkorlarning har bir avtobusi uchun qoplanadi.

Shuningdek, 2025 yil 1 noyabrdan I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning o‘z nomiga rasmiylashtirilgan va shaxsiy foydalanuvida bo‘lgan 1 ta avtotransport vositasi uchun amalga oshiriladi.

Avtotransport vositalarini quyidagilar bilan jihozlash uni nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish deb e’tirof etiladi:

Tadbirkorlarning avtobuslari uchun:

- yig‘ma pandus (1 dona);

- audio va vizual axborot beruvchi monitor (1 dona);

- axborot beruvchi kolonka (ko‘pi bilan 3 ta);

- ma’lumotlarni uzatuvchi mikrofon (1 dona);

- aloqa tugmasi;

- bekatlar haqida axborot olish imkonini beruvchi ma’lumotlar taxtasi bilan jihozlash (1 dona);

I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning shaxsiy avtotransport vositalari uchun:

- gaz va tormoz pedalini qo‘l boshqaruviga o‘tkazish;

- mexanik uzatish qutisini avtomat uzatish qutisi qilib qayta jihozlash xarajatlari.

Ariza beruvchilar avtotransport vositasi talablarga moslashtirilgan vaqtdan e’tiboran 90 kun ichida «Inson» markazlariga yoki «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimi yoxud YaIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishi lozim.