Raqobat qo‘mitasi konsalting firmalardan ogoh bo‘lishga chaqirdi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xorijda ishlash va o‘qish uchun “oson” borishni va’da qilayotgan konsalting firmalardan ogoh bo‘lishga chaqirdi.
2025 yilda fuqarolardan aldamchi konsalting firmalari bo‘yicha 20 ga yaqin murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi xorijda ishga yoki o‘qishga joylashtirish va’dasi bilan firmalarga pul to‘lagan, ammo to‘langan mablag‘lar qaytarilmagan yoki xizmatlar bajarilmaganini bildirmoqda.
Xususan:
“Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, xorijda ishga joylashtirish xizmati faqat litsenziyaga ega agentliklar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Ammo ko‘pgina firmalar bu qoidaga amal qilmaydi. Jumladan, ayrim konsalting firmalari ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarni ishonchiga kirib, ularga xorijga ishga yoki o‘qishga yuborishni va’da qilib, pul olgan, ammo ularning xizmatlari bajarilmagan.
Qayd etilishicha, bunday firmalarning ko‘pchiligi litsenziyaga ega emas va ularning faoliyati qonuniy emas.
Shuningdek, Yevropaning Irlandiya, Angliya, Daniya, Norvegiya kabi davlatlariga ishga yuborish to‘g‘risida e’lonlar berib, fuqarolarga konsalting xizmatlari emas, aynan xorijga ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish bilan shug‘ullanib kelayotgan MChJga Migratsiya agentligi tomonidan BHMning 300 baravari (112,5 million so‘m) miqdorida jarima qo‘llangan. Boshqa firmalarga nisbatan ham huquqiy choralar ko‘rilgan.
Xorijda o‘qish va ishlash niyatida bo‘lsangiz, har qanday o‘rtakash firmalar aldovlariga ishonmang, ular faoliyati qonuniyligini va litsenziyasi mavjudligini tekshiring, deyiladi qo‘mita xabarida. Ularning litsenziyalari bor-yo‘qligini Adliya vazirligi saytidagi reyestrdan tekshirish mumkin.