Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlar 14,5 mlrd so‘m mukofot oldi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
O‘zbekistonda yil boshidan buyon soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga 14,5 milliard so‘m mukofot to‘landi.
2025 yilning yanvar-may oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 45 496 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
Murojaatlarning 21 510 tasi takroriy bo‘lgani yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik sub’yektida tekshiruv davom etayotgani sababli ko‘rib chiqilmagan. Murojaatlar asosida 18 140 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilib, 99,1 foiz holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.
Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 20 358 ta holat bo‘yicha (undirilgan jarima summasidan 20 foiz) 14,5 milliard so‘m mukofot to‘langan.