1 oktyabrdan davlat xizmatchilarining xizmat safarlari va xarajatlarini onlayn kuzatib borish mumkin bo‘ladi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabrdan boshlab davlat xizmatchilarining xorijiy va ichki xizmat safarlarini tashkil etish va hisobini yuritish yagona modul orqali amalga oshiriladi. Bunda xizmat safari rejasi va natijalari, geografiyasi, xodimlar soni hamda xarajatlarni onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratiladi.
Foto: 123RF
19 iyun kuni «Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Unga muvofiq, 2025 yil 1 oktyabrdan boshlab davlat xizmatchilarining xorijiy va ichki xizmat safarlarini tashkil etish, hisobini yuritish va tahlilini olib borish «hrm.argos.uz» elektron tizimi tarkibidagi «Xizmat safari» yagona moduli orqali amalga oshiriladi. Bunda:
Shuningdek, 2026 yil 1 yanvardan boshlab quyidagi asosiy yo‘nalishlardagi erishilgan natijalar bo‘yicha Davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi:
Ushbu reyting natijalariga ko‘ra quyi pog‘onadagi davlat idoralarining ish usullarini o‘zgartirish, boshqaruv jarayonlarini optimallashtirish (BPR-reinjiniring) choralari amalga oshiriladi hamda Hukumat majlislarida rahbarlar faoliyatiga baho berib boriladi.