O‘zbekiston islomshunoslik akademiyasi Abdulloh II nomidagi mukofot bilan taqdirlandi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida podshoh Abdulloh II nomidagi "Jahon dinlararo hamjihatlik haftaligi – 2025" mukofotini topshirish marosimi o‘tkazildi.
Foto: Dunyo
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, mazkur mukofot 2010 yil 23 sentabrda Iordaniya podshohi Abdulloh II tashabbusi bilan BMT Bosh assambleyasining 65-sessiyasida ta’sis etilgan "Jahon dinlararo hamjihatlik haftaligi" g‘olibiga beriladi. Ushbu haftalik har yili fevral oyining birinchi haftasida butun dunyo bo‘ylab keng miqyosda tashkil etiladi.
2025 yilda ushbu haftalik doirasida 1300 dan ortiq tadbirlar o‘tkazildi. Xususan, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi "Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish YuNeSCO" kafedrasi tomonidan joriy yilning 4-8 fevral kunlari "Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – xalqaro hamjihatlik omili" shiori ostida ilmiy, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari yuqori saviyada tashkil etildi.
Akademiyada o‘tkazilgan mazkur haftalik podshoh Abdulloh II nomidagi "Jahon dinlararo hamjihatlik haftaligi – 2025" mukofotiga loyiq deb topildi.
Mukofotni topshirish marosimida Iordaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Demiya Zuhayr Haddod, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Tashqi ishlar vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Iordaniya elchisi Demiya Zuhayr Haddod akademiya rektori Muzaffar Komilovga podshoh Abdulloh II nomidagi "Jahon dinlararo hamjihatlik haftaligi – 2025" mukofotini tantanali tarzda topshirdi.