softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi to‘planadi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi to‘planadi

Batafsil o'qish:

2025 yil 1 sentabrdan boshlab davlat xizmatchilari o‘rtasida muloqotni kuchaytirishni nazarda tutuvchi «Davlat xizmatchisi» mobil ilovasi ishga tushiriladi. Unda xodim to‘g‘risidagi ma’lumotlar, bog‘lanish uchun telefon raqami, pochtasi va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari haqidagi axborotlarni nazarda tutuvchi ma’lumotlar bazasi yaratiladi.

Foto: Kun.uz

19 iyun kuni «Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.

Unga muvofiq, 2025 yil 1 sentabrdan boshlab davlat xizmatchilarining o‘z ko‘nikmalarini doimiy rivojlantirib borishi hamda ular o‘rtasida o‘zaro muloqotni kuchaytirish bo‘yicha quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutuvchi «Davlat xizmatchisi» mobil ilovasi ishga tushirilishi belgilangan:

  • masofaviy tarzda davlat xizmatchilarining kompetensiyalarini rivojlantirish va malakasini oshirish hamda bu borada statistik ma’lumotlarni shakllantirish;
  • davlat xizmatchilari tomonidan davlat organi ish faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tashabbuslar berish hamda rahbar tomonidan ularga munosabat bildirish;
  • davlat xizmatchisining shaxsiy rivojlanish rejasini tuzish, uning bajarilishini monitoring qilish;
  • xodim to‘g‘risidagi ma’lumotlar, rahbar xodimlar uchun ular tomonidan muvofiqlashtiriladigan soha va bo‘linmalar, bog‘lanish uchun telefon raqami, pochtasi va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari haqidagi axborotlarni nazarda tutuvchi ma’lumotlar bazasini yaratish.

Shuningdek, BMT tomonidan 23 iyun kuni – BMTning Davlat xizmati kuni deb e’lon qilinganligi hamda ushbu kunda davlat xizmati ahamiyatini yoritishga oid maxsus tadbirlar tashkil qilishga chaqirilganligi munosabati bilan har yili har bir vazirlik va idoralarda davlat xizmatchilarining oila a’zolari uchun «oila kuni» tadbirlari (family day) tashkil etiladi.

Farmonga ko‘ra, davlat tashkilotidagi inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalari rahbarlari (HR xodimlari) kadrlar siyosati bo‘yicha rahbarning maslahatchisi maqomiga ega bo‘ladi. Ular davlat xizmatini rivojlantirish agentligi yoki uning filiallari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.