softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Kia va ADM Global O‘zbekiston termasiga JCh–2026 yo‘lida qo‘llov ko‘rsatmoqda

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Kia va ADM Global O‘zbekiston termasiga JCh–2026 yo‘lida qo‘llov ko‘rsatmoqda

Batafsil o'qish:

Qatar ustidan O‘zbekiston milliy terma jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasi nafaqat unutilmas voqea, balki Kia va ushbu brendning mamlakatdagi rasmiy distribyutori – ADM Global kompaniyalar guruhi uchun ham muhim voqelik bo‘ldi. JCh–2026 oldidan kompaniya butun respublika bo‘ylab Kia dilerlik markazlarida muxlislarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida keng qamrovli tadbirlarni tashkil etdi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor FIFA Jahon chempionatiga (JCh-2026) yo‘llanma oldi. JCh-2026 FIFA xalqaro tashkiloti tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, 2026 yilning yozida uchta davlat – AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Kia mobillik bo‘yicha FIFA'ning rasmiy hamkori bo‘lib, global tadbirlar va turnirlarda, shu jumladan JCh-2026'da transport, avtonom haydash texnologiyalari va istiqboldagi mobillik xizmatlarini taqdim etadi.

ADM Global kompaniyalar guruhi Kia brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lib, JCh-2026 bilan bog‘liq tadbirlarni o‘tkazishni boshladi.

• O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeyini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

2025 yil 10 iyun – O‘zbekiston va Qatar terma jamoalari o‘rtasida kichik guruhdagi so‘nggi o‘yin bo‘lib o‘tdi. O‘yin O‘zbekistonning yirik 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi va muxlislarga ulkan quvonch ulashdi. Shu bilan birga, milliy terma jamoaning kichik guruhdan chiqayotgani 5 iyun kuni O‘zbekiston va BAA jamoalari o‘rtasidagi 0:0 hisobida durang bilan yakunlangan dramatik o‘yinda ma’lum bo‘ldi.

Kia kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatlash va keytering bilan Kia dilerlari salonlarida muxlislar uchun bir qator tadbirlar o‘tkazdi. O‘zbekiston jamoasining JCh-2026ga yo‘l olishi Kia brendini ommalashtirish uchun qo‘shimcha ajoyib imkoniyatlar ochadi. "Bugungi g‘alaba kompaniya hayotida yangi bosqichni boshlab berdi va 2026 yilgi turnirga tayyorgarlik ko‘rish istiqbollarini belgilab berdi", – dedi ADM Global kompaniyalar guruhining Kia brendi bo‘yicha direktori vazifasini bajaruvchi Georgiy Shoniya.

FIFAning Kia tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi yigirma yildan ortiq davom etmoqda. "Biz Kia bilan ko‘p yillik hamkorlikni davom ettirishdan mamnunmiz. Yillar davomida u FIFAni qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini namoyish etib kelmoqda va biz uning turnirlarimizning umumiy tajribasini yaxshilashga bo‘lgan sadoqatini qadrlaymiz. Biz birgalikda futbol orqali dunyoni birlashtirish ustida ishlashda davom etamiz", – dedi FIFA prezidenti Janni Infantino 2023 yil may oyida hamkorlik shartnomasini imzolash marosimida.

Kia FIFA bilan hamkorlikni kengaytirib, futbol olamiga bo‘lgan uzoq yillik sadoqatini mustahkamlayotganidan faxrlanadi. Hamkorlikning yangi bosqichiga qadam qo‘yar ekanmiz, biz mobil yechimlarimiz salohiyatini global miqyosda namoyish etish imkoniyatini intiqlik bilan kutmoqdamiz. FIFA bilan birgalikda butun dunyodagi muxlislarni futbol kuchi bilan ruhlantirish va birlashtirishga intilamiz.

FIFA'ning mobillik bo‘yicha rasmiy hamkori sifatida Kia FIFA'ning global tadbirlari va musobaqalarida uzluksiz va samarali transport operatsiyalarini ta’minlashda muhim rol o‘ynashda davom etadi. Avtomobil ishlab chiqaruvchilarning keng global distribyutorlik tarmoqlari tufayli kompaniya FIFA'ning barcha transport talablariga javob beradigan, jamoalar, rasmiylar va xodimlarning uzluksiz harakatlanishini ta’minlaydigan keng qamrovli transport vositalarini taqdim etadi.

Kia Corporation – biz haqimizda

Kia (www.kia.com) butun dunyo bo‘ylab iste’molchilar, jamoalar va jamiyatlar uchun innovatsion, ilg‘or va barqaror mobillik yechimlarini yaratuvchi global mobillik brendi hisoblanadi. Kia mobillik uchun barqaror yechimlar yetkazib beruvchisi sifatida elektrlashtirilgan va batareyali elektr transport vositalarini ommalashtirmoqda, shuningdek, butun dunyo bo‘ylab odamlarni harakatlanishning eng yaxshi usullarini izlashga undaydigan o‘sib borayotgan mobil xizmatlar assortimentini rivojlantirmoqda. Kia 1944 yildan beri mobillik yechimlarini taqdim etib kelmoqda. Butun dunyo bo‘ylab 52 000 xodimlari mavjud, 200 ga yaqin bozorlar va oltita mamlakatda ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lgan kompaniya bugungi kunda yiliga uch millionga yaqin avtomobil sotadi. Kompaniyaning "Ilhomlantiruvchi harakat" shiori Kia kompaniyasining o‘z mahsulotlari, texnologiyalari va xizmatlari orqali iste’molchilarni ilhomlantirishga bo‘lgan intilishini aks ettiradi.

ADMGlobal – biz haqimizda

ADM Global kompaniyalar guruhi (www.adm.uz) 2014 yilda tashkil etilgan bo‘lib, yengil va tijorat avtomobillar distribyutsiyasi, mahalliy ishlab chiqarish, sotish, kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat ko‘rsatish, logistika xizmatlari, lizing, shuningdek, asl ehtiyot qismlar va aksessuarlar sotuviga ixtisoslashgan. Hozirda dilerlik tarmog‘ida O‘zbekiston bo‘ylab 25 dan ortiq Kia rasmiy dilerlik markazlari mavjud. ADM Global o‘z sohasida noyob bilim va tajribaga ega yuqori malakali xodimlar bilan ta’minlangan. Har bir xodimning professionalligi va kompetentlik darajasi kompaniya muvaffaqiyatining asosiy omillari hisoblanadi. Holding 2019 yildan beri Kia jahon avtomobil brendi bilan hamkorlik qilibkelmoqda. Kia avtomobillarining yuqori sifatitufayli ADM Global kompaniyalar guruhi nafaqat O‘zbekiston bozorida, balki undan tashqarida ham o‘z sohasida yetakchilardan biriga aylanmoqda.

Kia avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan Kia avtomobillarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalari va O‘zbekistondagi narxlari bilan kia.uz saytida tanishish mumkin.

Telefon: (+998) 55−500−83−33

Sayt