softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Endilikda davlat tashkilotlari xodimlarining tana vazni indeksi o‘lchab boriladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Endilikda davlat tashkilotlari xodimlarining tana vazni indeksi o‘lchab boriladi

Batafsil o'qish:

1 avgustdan cog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida davlat tashkilotlarida har ish kunining muayyan vaqtlarida jismoniy tarbiya mashqlari o‘tkaziladi. Shuningdek, sport targ‘ibotchilari tomonidan xodimlar o‘rtasida tana vazni indeksi o‘lchab boriladi, tashkilotlar oshxonalarida shirinliklar, yog‘li, xamir solingan mahsulotlar sotuvi cheklanadi.

19 iyun kuni «Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.

Unga muvofiq, davlat xizmatchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida, 2025 yil 1 avgustdan boshlab davlat organlari va tashkilotlarida har ish kunining muayyan vaqtlarida jismoniy tarbiya va harakat faolligi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazib boriladi.

Davlat organlari xodimlarning vakillik organlari bilan hamkorlikda, imkoniyatdan kelib chiqqan holda tashkilot hududida sport zonalarini tashkil etadi. Xodimlar jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi ta’minlanadi.

Shuningdek, sport targ‘ibotchilari tomonidan xodimlar o‘rtasida tana vazni indeksi o‘lchab borilishi hamda har bir xodim bo‘yicha ma’lumotlarning «hrm.argos.uz» platformasiga muntazam kiritib borilishi ta’minlanadi. Sog‘liqni saqlash vazirligi 2026 yil 1 yanvardan boshlab davlat xizmatchilari yiliga kamida bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini tashkillashtiradi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda «hrm.argos.uz» platformasida xodimlarning tana vazni indeksini kiritib borish imkoniyatlarini yaratadi.

Shuningdek, farmonda davlat organlari 2026 yil 1 yanvardan boshlab o‘zlariga tegishli bo‘lgan oshxonalarni to‘liq autsorsing asosida tashkil etishi belgilangan. Ushbu oshxonalarda sog‘lom ovqatlanishni keng joriy qilish hamda shirinliklar, yog‘li, xamir solingan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar, shuningdek, odam sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa turdagi mahsulotlarning savdosi cheklanadi.

Farmonda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining mavjud shtat birliklari doirasida davlat xizmatchilari axloq qoidalariga zid xatti-harakatlarining oldini olishga qaratilgan odob-axloq komissiyalari bilan ishlash bo‘yicha bo‘linma tashkil etilishi ko‘rsatilgan.

BMI indeksi haqida

Tana vazni indeksi (TVI) — bu insonning vazni va bo‘yining nisbatini ko‘rsatadigan oddiy hisob-kitob ko‘rsatkichi bo‘lib, tana vaznining yetarli yoki ortiqcha yoki kam ekanini baholashda ishlatiladi. Bu indeks tibbiyotda BMI (Body Mass Index) deb ham ataladi.

Tana vazni quyidagi formulaga asosan hisoblanadi (misol tariqasida) TVI = 80 (vazn) / 1702 (bo‘y) = 80:2,89 = 27,7. Ushbu holatda Tana vazni indeksi 27.7ga teng. JSST mezonlari bo‘yicha bu «ortiqcha vazn» toifasiga kiradi.

Foto2

TVI — yosh, jins, mushak massasini hisobga olmaydi. Shu sababli, ba’zi holatlarda (masalan, sportchilar, keksa yoshdagilar) bu ko‘rsatkich noto‘g‘ri baho berishi mumkin. JSSTning umumiy natijalarni baholash mezoni quyidagicha:

TVI qiymati

Ta’rifi

< 16.0

Juda og‘ir ozg‘inlik

16.0 – 16.9

O‘rtacha ozg‘inlik

17.0 – 18.4

Yengil ozg‘inlik

18.5 – 24.9

Me’yordagi og‘irlik

25.0 – 29.9

Ortiqcha vazn

30.0 – 34.9

Semizlik (I daraja)

35.0 – 39.9

Semizlik (II daraja)

≥ 40.0

Juda og‘ir semizlik (III daraja)