Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Iyunning oxirgi 10 kunligida O‘zbekiston bo‘ylab avvaliga odatiy yoz issig‘i, keyin yana 2-3 kun juda issiq ob-havo hukm suradi. Dam olish kunlari Toshkent viloyati va vodiyda sel hodisalari kuzatilishi mumkin. Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimshunos Erkin Abdulahatov.
O‘tgan 10 kunlikda respublika ayrim hududlarida do‘l yog‘ish, kuchli sel hodisalari va 2-4 kunlik jazirama kuzatildi.
10 iyun kuni Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida kuchli do‘l hodisalari qishloq xo‘jalik ekin maydonlari, bog‘dorchilik yo‘nalishida mevalarga zarar keltirdi. Qo‘shko‘pirda yerni oppoq qor misol qoplab olgan ushbu do‘l hodisasini ushbu hudud uchun yuz yilda bir kuzatilayotgan hodisa sifatida unga "kataklizm" ta’rifini bersa bo‘ladi.
O‘tgan haftada vodiy viloyati shimoliy hududlarida ham do‘l yog‘ishi uchun qulay ob-havo sharoiti kuzatildi. Ammo FVVga qarashli Namangan viloyati uch tumanida joylashgan gidrometeorologik jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish va boshqarish otryad guruhlari atmosferaga to‘g‘ri va samarali ta’sir ko‘rsatib, kuchli do‘l yog‘ish xodisalarining oldini oldi.
Bu kabi ta’sirlar orqali qishloq xo‘jaligi maydonlarida ekin va meva hosillari do‘l urishidan saqlab qolindi.
12 iyun kuni Jizzax viloyati Zomin va Baxmal tumanlarida talofatli sel hodisalari kuzatildi. Navoiy, Buxoro, Jizzax viloyati ayrim tumanlarida kichik guruhga ega maxalliy chigirtka bosqini hodisalari qayd etildi.
15-18 iyun kunlari respublikaning juda katta hududlarida kamida bir kun bo‘lsa ham +40 darajadan yuqori issiq xarorat kuzatildi. Xususan, 18 iyun kuni Termizda +44,1 daraja, Navoiy va Buxoro viloyati cho‘l hududlarida +43 darajadan yuqori issiq harorat ro‘yxatga olindi.
Ushbu issiqlik to‘lqini Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Samarqand va Jizzax viloyati ayrim paxta dalalarida g‘o‘za ko‘chatlaridagi shona va gul to‘kilishiga olib keldi.
Joriy xaftaning dam olish kunlari salqinroq, dushanbadan kichik jaziramalarning qayta mintaqaga kirib kelishi kutilmoqda. Iyun so‘nggi xaftasi biroz salqin, iyul boshlarida yana jazirama issiq to‘lqinlari mintaqaga kirib kelishini taxmin qilishimiz mumkin.