Kimga imtiyozli ijtimoiy xizmatlar uchun vaucher beriladi?
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Vazirlar Mahkamasining "Faol hayotga qadam" dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish uchun vaucher berish hamda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori qabul qilindi.
Nizomga ko‘ra "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida bo‘lgan shaxslarning ehtiyojini baholaydi va quyidagi 5 turdagi yangi ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish uchun vaucher shakllantiradi:
"Inson" markazi tomonidan berilgan vaucher bo‘yicha ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlari xizmat ko‘rsatish hajmi (soati)dan kelib chiqib hisoblanadigan subsidiya ko‘rinishida qoplanadi.
Ijtimoiy xizmatlar "Inson" markazlari bilan bir qatorda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan ham ko‘rsatilishi mumkin.
Vaucher berish va uning qiymatini to‘lash, shuningdek ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar bilan shartnomalar imzolash "Yagona milliy ijtimoiy himoya" axborot tizimidagi "Oila hamkori" platformasi orqali amalga oshiriladi.
Ko‘rsatilgan ijtimoiy xizmatlar va bu xizmatlardan haqiqatda foydalangan shaxsning biometrik ma’lumotlari xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan xizmat ko‘rsatilgan kunda "Ijtimoiy himoya" axborot tizimiga kiritiladi.
Vaucher quyidagilarga beriladi:
Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida bo‘lgan shaxs yoki uning vakili "Inson" markaziga o‘zi kelgan holda yoki o‘zi yashaydigan hududda faoliyat yurituvchi "Inson" markazining ijtimoiy xodimiga yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki "Ijtimoiy himoya" AT orqali murojaat qiladi.