O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston yo‘lagida birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston koridori bo‘ylab birinchi pilot yuk tashuvi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Foto: Videodan kadr
Mamlakatlar tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yangi bozorlarga olib chiqish, avtomobil transportida yangi koridorlarda yuk tashuvlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida Transport vazirligi Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston koridori bo‘ylab birinchi pilot yuk tashuvini tashkil etdi.
Murakkab relefli Oltoy tog‘lari bo‘ylab o‘tgan mazkur koridor ayrim qismlari dengiz sathidan 1500 metr balandlikkacha ko‘tariladi.
O‘zbek milliy tashuvchisi tomonidan 4500 km masofa 8 kunda bosib o‘tildi.