Misrda O‘zbekiston texnologiyalari asosida traktor ishlab chiqariladi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Mamlakat elchixonasi ko‘magida Misrda Tanta Motors kompaniyasi va O‘zbekistonning AgroTex Klaster korxonasi vakillari o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi.
Foto: Dunyo
Uchrashuvida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari, shuningdek, uni yanada rivojlantirish yo‘nalishlari muhokama qilindi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikalarining yuqori sifati va raqobatbardoshligiga alohida e’tibor qaratildi.
Xorij tomoni qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, Misrda O‘zbekiston texnologiyalari asosida traktor ishlab chiqarishning to‘liq siklini tashkil etish, shuningdek, Afrika bozorlariga mazkur mahsulotlarning eksportini yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Hamkorlik aloqalarining amaliy bosqichlarini muhokama qilish maqsadida shu yilning iyul oyida AgroTex Klaster ishchi guruhining Misrga safarini tashkil qilishga kelishib olindi.