softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘zbekiston elchixonasi Isroildagi vatandoshlardan ehtiyotkorlikni oshirishni so‘radi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O‘zbekiston elchixonasi Isroildagi vatandoshlardan ehtiyotkorlikni oshirishni so‘radi

Batafsil o'qish:

Isroilda xavfsizlik bo‘yicha yangi cheklovlar joriy etildi. Tel-Avivdagi O‘zbekiston elchixonasi vatandoshlarga murojaat qilib, ehtiyotkorlikni oshirishga hamda raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikka chaqirdi.

Foto: REUTERS

Ma’lum bo‘lishicha, Isroil Mudofaa Armiyasi 22 iyun soat 3:45 dan 23 iyun 8:00 gacha, mamlakatda xavfsizlik bo‘yicha yangi cheklovlar joriy etgan. Bu qaror mamlakatdagi vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan qabul qilindi.

Shunga muvofiq:

  • ilgari «cheklangan faoliyat» deb belgilangan hududlarda endi «zarur hollarda faoliyat» tartibi joriy qilindi;
  • barcha ta’lim muassasalari o‘z faoliyatini to‘xtatadi;
  • barcha ishlab chiqarish korxonalari yopiladi, faqat harbiy va tinch aholi ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan tarmoqlar bundan mustasno;
  • ish joyiga borish taqiqlanadi.

«Yurtdoshlarimizni yana bir bor xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga, mamlakatda bo‘lish vaqtida ehtiyotkorlikni oshirishga va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikka chaqiramiz. Iltimos, rasmiy ma’lumotlardan xabardor bo‘lib boring”, deyiladi O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi bayonotida.