Hafta boshida harorat +44 darajagacha ko‘tariladi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
23 iyun kuni O‘zbekistonda havo harorati +39…+44 darajagacha isiydi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining ayrim joylarida kechasi va ertalab momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Foto: Kun.uz
Hafta boshida O‘zbekiston hududida havo harorati +44 darajagacha ko‘tarilishi mumkin, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +21…+23 daraja, kunduzi +38…+40 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadim ba’zi joylarda 13-18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda ba’zida 20-22 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20…+25 daraja, kunduzi +32…+37 daraja, Ustyurtda +27…+32 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/soniyagacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +23…+28 daraja, kunduzi +37…+42 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/soniyagacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20…+25 daraja, kunduzi +35…+40 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/soniyagacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +23…+28 daraja, kunduzi +39…+44 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ayrim joylarda kechasi va ertalab momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +20…+25 daraja, kunduzi +35…+40 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +15…+20 daraja, kunduzi +28…+33 daraja bo‘ladi.
Shu bilan birga, «O‘zgidromet» 22 iyun kuni Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.