softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Toshkent va Pusan yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Toshkent va Pusan yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Batafsil o'qish:

Pusanlik yo‘lovchilar ilgari Toshkentdan Seulga uchib kelishi, keyin esa yana to‘rt soatlik yo‘l bosib Pusanga yetib borishi kerak edi. 

Foto: "Dunyo" AA

Janubiy Koreyaning Pusan shahriga Qanot Sharq aviakompaniyasining ilk samolyoti kelib qo‘ndi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi. "Pusan-Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvoz arafasida aeroportda mazkur havo qatnovining tantanali ochilish marosim bo‘lib o‘tdi.

Shu tariqa, Toshkent va Pusan o‘rtasida muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Parvozlar qulay A-330 samolyotlarida haftasiga  ikki marta – chorshanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Pusanlik yo‘lovchilar ilgari Toshkentdan Seulga uchib kelishi, keyin esa yana to‘rt soatlik yo‘l bosib Pusanga yetib borishi kerak edi. Bu esa ortiqcha vaqt va mablag‘ talab qilardi. Endilikda to‘g‘ridan to‘g‘ri Pusan shahriga parvoz qilish imkoniyati yaratildi. 

Pusan shahri – Seuldan keyin Janubiy Koreyaning ikkinchi yirik shahri va mamlakatdagi eng katta port shahar hisoblanadi. Bu zamonaviy megapolis dengiz yuk tashishlari, gavjum bozorlari, zamonaviy osmono‘par binolari va go‘zal sohillari bilan mashhur. Qirg‘oq bo‘yidagi strategik joylashuvi tufayli, Pusan Janubiy Koreya iqtisodiyoti va xalqaro savdosida muhim ahamiyat kasb etadi.