softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘zbekistonda kurerlik faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O‘zbekistonda kurerlik faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi

Batafsil o'qish:

Elektron tijoratda kurerlik xizmati faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi.

Foto: Fotolia / Narong Jongsirikul

“Elektron tijoratda kurerlik xizmati faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Nizom elektron tijoratda kurerlik xizmati faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Nizomga ko‘ra, kurer tadbirkor hamda yetkazib berish xizmati operatorlari bilan mehnat shartnomasi va (yoki) fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida tovarlarni yetkazib beruvchi jismoniy shaxs, shu jumladan o‘zini o‘zi band qilgan shaxs hisoblanadi.

Yetkazib berish xizmati operatorlari va kurerlar, shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, xaridorlardan tovar va (yoki) yetkazib berish xizmatlari uchun to‘lovlarni qabul qilishga haqli. 

Bunda, nazorat-kassa texnikasini majburiy qo‘llash yoki elektron yoxud qog‘oz shaklida chek (kvitansiya) taqdim etilishi lozim. 

Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda transport vositalari va termokonteynerlarni toza hamda soz holatda bo‘lishi, muntazam yuvilishi va dezinfeksiya qilinishiga amal qilish lozim.

Kurerga quyidagilarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi, jumladan:

🔹 tovarning qadog‘ini o‘zboshimchalik bilan ochish;
🔹 xaridorlarning shaxsiy ma’lumotlari va yetkazib berilayotgan tovar haqidagi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilish.